1

Etika alifbosi: amal qilinishi shart bo`lgan qoidalar

SUG'DIYONA 23.11.2016, 11:26
Teglar: Ayol, Go`zallik, SUGDIYONA
Etika alifbosi: amal qilinishi shart bo`lgan qoidalar

Ba`zi insonlarga bir qarashda, ikki og`iz suhbatning o`zida mahliyo bo`lib qolasiz. Ayrimlar esa ilk tanishuvdayoq hafsalangizni pir qiladi. Bunga sabab nima? Axir siz hali u haqda to`liq ma`lumotga ega emassiz-ku! Mutaxassislarning ta`kidlashicha, insonning o`zini tuta bilishi, ya`ni odob-axloq qoidalariga amal qilishi munosabatlarda muhim rol o`ynarkan. Demak, har doim hamma joyda barchada yaxshi taassurot uyg`otish uchun ularga amal qilishimiz shart!

  • Avtobusda yoshlar qariyalarga, erkaklar ayollarga, ayollar esa keksalarga, homilador va yosh bolalilarga joy berishlari shart. Yana jamoat transportlarida ovozingizni baralla qo`yib telefonda so`zlashish yoki hamrohingiz bilan nimanidir muhokama qilish o`rinli emas.
  • Barmoq bilan ko`cha-ko`yda kimnidir yoki nimanidir ko`rsatish madaniyatli kishilarga xos emas.
  • Vagonda ketayotib (poezd yoki metroning), uning shovqinidan ham balandroq baqirish va suhbatdoshiga nimanidir tushuntirish birinchidan mushkul, ikkinchidan odob-axloq qoidalariga to`g`ri kelmaydi.
  • Gul sovg`a qilinganda ularni tepaga qaratib, ko`tarib yurish lozim. Agar gullar pastga qaratilgan bo`lsa, bu sovg`ani mensimaganlikdan darak beradi.
  • Doim og`izda saqich bilan yurish, o`quv maskanlari, ishxonalar va jamoat transportida chaynash, kamiga uni shishirish mumkin emas.
  • Er yuzasiga mayda-chuydalarni, sumkangiz yoki cho`ntagingizdan chiqqan keraksiz narsalar va pista po`choqlarini tashlamang. Doim chiqindilarni maxsus chiqindi idishga solishni odat qiling.
  • Yomg`irpo`sh ochiq bo`lganda undan tomayotgan suv kimningdir libosiga tushmasligi, boshiga va ko`zoynagiga tegmasligiga ahamiyatli bo`ling.
  • Jamoat joyida imo-ishoralardan o`ta faollik bilan foydalanish atrofdagilarga xalaqit qilish bilan birga, u qadar chiroyli ko`rinmaydi ham. Xatti-harakatlaringizni hamisha nazorat qiling.
  • Zeb-ziynatlarni haddan ziyod ortiq taqish ayol kishining badavlatligini emas, didsizligini namoyish etadi.
  • Ismingizni o`zgalar to`liq aytishlarini istasangiz, o`zingiz ham hammani ismi bilan chaqiring. Atrofdagilarga laqab bilan murojaat qilish odobdan emas.
  • Yo`l o`rtasida tasodifan turib qolish ortingizdan kelayotgan insonga noqulaylik tug`diradi.
  • Ko`chada yurib, nimadir eyish madaniyatsizlikdir. Albatta, hech kim biror bog`dagi o`rindiqda o`tirib muzqaymoq eyishingizga qarshi emas, ammo jamoat transportiga, do`kon yoki muzeyga tishlangan somsa yoki gamburger bilan kirish yaramaydi.
  • Lab bo`yog`ini istagan joyda surtib ketavermang (masalan, jamoat transporti, ishxona, ko`cha, bozor).
  • Mashinada haydovchining yonidagi o`rindiqni, odatda, uning rafiqasi egallaydi. Begona ayol esa orqa o`rindiqda o`tirgani maqul.
  • Non bo`laklariga lablardagi yog`ni artish noto`g`ri.
  • Ovqatlanish paytida chapillatish, taomni hidlash yoki namoyishkorona kavlab ko`rish mumkin emas. Tishlar orasidagi taom qoldiqlarini hammaning oldida tozalash ham odobdan emas.
  • Pista chaqib yurish, uning po`chog`ini duch kelgan joyga tashlab ketaverish kishining farosatsizligidan darak beradi. Chunki bu bilan siz shahar yoki o`z yashash joyingizning ifloslanishiga hissa qo`shasiz.
  • Ruchkani og`ziga solgancha xayol surish o`quvchilarning odati. Lekin ba`zan kattalarda ham bu odat uchrab turadi. Ammo o`zini hurmat qiladigan kishiga bu yarashmaydi.
  • Stoldan bir nimani tushirib yoki to`kib yuborgan bo`lsangiz, vahima qilmang. To`kilgan suyuqlikni salfetka yordamida tozalab oling. Sochilgan ushoqlarni esa hech qachon qo`l bilan dasturxondan sidirib olmang.
  • Tashqi ko`rinishga ahamiyatli bo`lish kerak. Ammo o`zingizni tartibga keltirayotib (poyabzalni tozalash, sochlarni to`g`irlash, upa, tush surtish) atrofdagilarga halaqit qilmang va ularning diqqatini tortmang. Buning uchun maxsus xonalardan foydalaning.  Metro, ko`cha-ko`yda bu kabi ishlarni umuman amalga oshirmang.
  • Tupurish eng xunuk odat. Ko`chada xoh yolg`iz, xoh hamroh bilan ketayotganda er yuziga tupurish atrofdagilar va insoning o`ziga nisbatan behurmatlikdir.
  • Ustki kiyimingiz qor yoki yomg`ir sababli xo`l bo`lsa, uni kirgan xonangizdagi divan yoki kresloga tashlab qo`ymang. Maxsus ilgich topib, osib qo`yishga erinmang.
  • Farosatli ayollar yuvilgan ichki kiyimlarni ko`zga tashlanadigan joylarga ilib qo`yishmaydi.
  • Xat o`qishni hammamiz yaxshi ko`ramiz. Ayniqsa, sevgi maktublari bo`lsa. Ammo unutmang, xatlar, «SMS», internet nomalar, xabarlarni egasining ruxsatisiz o`qish mumkin emas.
  • Sirk, kinozal yoki teatrda o`z joyingizga o`tish uchun qator oralab yurishga to`g`ri kelsa, o`tirgan insonlarga yuzlangan holda harakat qiling.
  • Charchagan bo`lsangiz ham, uyqu o`z domiga tortasa ham, og`zingizni ochib, esnamang.
  • Shevada so`zlashishni sizga hech kim taqiqlamaydi, ammo fuqarolar murojaati bilan shug`ullanadigan kasb egalari ish vaqtida faqat adabiy til me`yorlariga amal qilishlari kerak.
  • Etiket qoidalarini biladigan ayol hech qachon uchrashuvga katta sumka bilan kelmaydi. Chunki qoidaga ko`ra, bunday holda erkak kishi uning sumkasini ko`tarib yurishiga to`g`ri keladi.
  • Yumshoq o`rindiq va stulda har qanday vaziyatda ham ayol kishi (ming charchagan bo`lsa ham) chiroyli o`tirishi kerak. Kresloga yonboshlab olish, stulda yoki jamoat transporti o`rindiqlarida oyoqlar orasini katta ochib o`tirish, shuningdek, «o`zini qo`yib yuborish» atrofdagilarga chiroyli ko`rinmaydi.
  • Yakshanba kuni soat 10:00ga qadar tanishlaringizni bezovta qilmang. Ko`pchilik dam olish kuni chindan ham dam oladi.
  • O`shqirish juda hunuk eshitiladi. Ayniqsa, ko`chada, begona kishilarning oldida farzandingizga baland ovozda baqirishingiz, uni urushishingiz o`zingizda ham tarbiya etishmasligidan dalolat.
  • Qorningiz juda och bo`lsa ham, boshqalarga taom keltirilmasidan avval ovqatlanishni boshlamang.
  • G`ichirlaydigan va taqqillaydigan poyabzalni ishxonaga kiymaslik tavsiya etiladi. Chunki siz bu bilan har safar xonaga kirib-chiqqangizda hamkasblaringizning ishlashlariga xalaqit qilasiz.
  • Hamma eshitadigan qilib musiqa tinglash (uyali telefon yoki maxsus moslamada) boshqalarga noqulaylik tug`diradi. Shuning uchun bunday vaziyatlarda quloqchin (naushnik)lardan  foydalanish kerak.
  • Ekilgan maysa ustidan yurmang.

Sanayversak, yozilmagan qonunlar, etiket me`yorlari talaygina. Ammo har bir inson o`z farosatini ishga solsa, atrofdagilarga ahamiyatli bo`lsa, o`z-o`zidan barcha muammoli vaziyatlar bartaraf etiladi!

IRODA tayyorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1