1

Qirg`iz-o`zbek chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi

Jinoyat 18.04.2024, 09:23
Qirg`iz-o`zbek chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi

Qirg`izistonning Jalolobod viloyatida yana bir er osti yo`li topildi, u orqali odamlar va kontrabanda tovarlari O`zbekiston hududiga noqonuniy olib o`tilgan. Bu haqda Qirg`iziston IIV xabar qildi.

Qayd etilishicha, 5 aprel kuni O`sh viloyati IIB xodimlari Qirg`iziston chegarasini noqonuniy kesib o`tgan O`zbekiston fuqarosi 1984 yilda tug`ilgan X.B.ni qo`lga olishgan. Tekshiruv davomida u Qirg`izistonga ikki davlatni bog`laydigan yashirin tunnel orqali qonuniy chegarani chetlab o`tgani ma`lum bo`lgan.

Polisiya Qirg`iziston Jinoyat kodeksining 168-moddasi "Noqonuniy migrasiyani tashkil etish, migrantlarni noqonuniy olib kirish" moddasi bo`yicha jinoyat ishi ochgan.

12 aprelga o`tar kechasi Nooken tumanida mahalliy fuqaro qo`lga olingan. U Qirg`iziston-O`zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o`tishni pul evaziga tashkil qilganlikda gumonlanmoqda.

Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, qo`lga olish chog`ida gumonlanuvchidan maxsus belgili valyuta va tungi ko`rish durbinlari musodara qilingan. Shuningdek, uning uyidan dastlabki qiymati qariyb 30 ming dollarga teng 87 quti narkotik modda topilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1