AsosiyJinoyat
1716

Yuqorichirchiq tumanida shag`al noqonuniy qazib olib ketilayotganligi aniqlandi

'Yuqorichirchiq tumanida shag`al noqonuniy qazib olib ketilayotganligi aniqlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani hududidan oqib o`tuvchi Chirchiq daryosida shag`al mahsulotini noqonuniy qazib olib ketilayotganligi aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o`zgarishi vazirligi tomonidan reyd o`tkazilgan. 

Reyd davomida daryoning muhofaza mintaqasidan 1 dona yuklovchi va 2 dona “MAN” rusumli yuk tashuvchi transport vositalari yordamida shag`al mahsulotini noqonuniy qazib olib ketilayotganligi aniqlangan.

Surishtiruv davomida qum-shag`al “Sharq neftgaz biznes” MChJ rahbari O. K. tomonidan qazdirilganligi ma`lum bo`ldi. Holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, haydovchilar va MChJ rahbaridan tushuntirish xatlari olindi. Shuningdek, ikkita yuk mashinasi hamda ekskavator jarima maydoniga joylashtirilgan.

Shag`al mahsuloti qazilgan joyda olib borilgan o`lchov natijasida tabiatga etkazilgan zarar 6 milliard 635 million 894 ming 160 so`mni tashkil qildi. Holat natijasida O`zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni 18-moddasi hamda “Er osti boyliklari to`g`risida”gi qonunning 18-moddasi talablari buzilgan.

Holatga huquqiy baho berish va aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko`rishni ta`minlash maqsadida tegishli hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar