Xorazmda bir ayol uyiga mehmon bo`lib kelgan ayolni o`ldirib, hovliga ko`mib yuborgan. Bu haqda Xorazm viloyati prokraturasi xabar berdi.
Joriy yilning 17 aprel kuni sodir bo`lgan. Urganch shahrining "Hamjihatlik" mahallasida yashovchi 1986 yilda tug`ilgan ayol o`ziga oldindan tanish bo`lgan 1975 yilda tug`ilgan ayolni qo`ng`iroq orqali uyiga taklif qilgan. Uyda ular o`rtasidagi pul oldisi sabab nizo kelib chiqqan. Natijada, mezbon ayol mehmon ayolni ro`mol bilan bo`ynidan bo`g`ib o`ldirgan.
U marhumaning murdasini uyining hovlisiga chuqur kavlab, ko`mib yuborgan.
Ayni vaqtda gumonlanuvchi ayol qo`lga olingan.
Hodisa yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.