AsosiyDunyo

Erdo`g`an Iroq bilan munosabatlarda burilish nuqtasi borligini ma`lum qildi

'Erdo`g`an Iroq bilan munosabatlarda burilish nuqtasi borligini ma`lum qildi'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`anning Iroqqa tashrifi va uning doirasida imzolangan kelishuvlar Turkiya-Iroq munosabatlarida yangi burilish nuqtasi bo`lishiga ishonch bildirdi. Bu haqda davlat rahbari Iroq bosh vaziri Muhammad Shia as-Sudaniy bilan qo`shma matbuot anjumanida ma`lum qildi.

Prezident Erdog`an va Iroq Bosh vaziri ishtirokida Iroq, Turkiya, Qatar va BAA o`rtasida «Taraqqiyot yo`li» loyihasini amalga oshirishdagi hamkorlikka oid to`rt tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.

"Al Arabiya" nashriga ko`ra, Erdo`g`an Iroq hukumatidan kurd jangarilariga qarshi kurashda yordam kutmoqda. Terrorchi tashkilot deb tan olingan “Kurdiston ishchilar partiyasi” (KIP) yillar davomida Turkiya armiyasiga qarshi harakatlarini Iroq hududidan olib boradi.

O`tgan oy Iroq hukumati KIP faoliyatini man qilgani Anqaraning diplomatik yutug`i sifatida ko`rilmoqda. Iroq qattiq qurg`oqchilikka yuz tutayotgan bir paytda Turkiyadan Iroq tomon oqayotgan daryolarga to`g`onlaridan ko`proq suv chiqarishni so`ramoqda. Erdo`g`an Bag`dod iltimosini ko`rib chiqishga so`z bergan. Bu degani Anqara buning evaziga Iroqdan yana nimadir so`rashi mumkin.

Tahlilchilar Erdo`g`anning Iroqqa tashrifi o`zgarishlarga olib kelishini va shu bilan birga, Eron bilan tarixiy raqobatni yanada kuchaytirishi mumkinligini aytmoqda.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar