1

Buyuk Britaniya TIV vaziri Devid Kemeron Toshkentga keldi

Siyosat 23.04.2024, 12:07
Buyuk Britaniya TIV vaziri Devid Kemeron Toshkentga keldi

Buyuk Britaniya TIV vaziri Devid Kemeron Toshkentga keldi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ayni paytda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligida martabali mehmonning mamlakat tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov bilan muzokarasi boshlandi. 

Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, ta`lim, iqlim o`zgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda.

Kemeron Markaziy Osiyoga rasmiy tashrifi doirasida besh postsovet respublikasi va Mo`g`ulistonga borishni rejalashtirgan. Evropa davlati Tashqi ishlar vazirligi vakillari siyosatchining safaridan asosiy maqsad iqtisodiyot va ta`lim sohalaridagi sheriklik aloqalarini kengaytirish, shuningdek, mintaqa davlatlari mustaqilligini mustahkamlash masalalari ekanini ta`kidlamoqda.

 Devid Kemeron — britaniyalik siyosatchi, uzoq yillar Konservativlar partiyasi etakchisi bo`lgan. 2010—2016 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimida ishlagan. O`tgan yilning noyabr oyidan buyon Tashqi ishlar vazirligini boshqarib kelmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1