AsosiyDunyo

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

'Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas'ning rasmi

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi NewTimes.kz axborot agentligi.

Tadbirkor o`z do`konlarida ishlaydigan xodimlarga xohishiga ko`ra 10 kunlik qo`shimcha ta`til talab qilish huquqiga ega ekanligini ma`lum qildi.
“Men har bir xodim erkinlikka ega bo`lishini istayman. Har bir insonning baxtsiz bo`lgan paytlari bo`ladi, shuning uchun siz baxtsiz bo`lsangiz, ishga kelmang, - dedi Yu.

Ish beruvchi xodimlarning dam olish vaqtlarini erkin belgilashlari, shuningdek, ishdan tashqari dam olishlariga rozi.

“Rahbariyat bu ta`tilni rad eta olmaydi. Rad etish qonunbuzarlikdir”, - deya xulosa qildi u.

Mamlakat aholisi tadbirkorning g`oyasini butun mamlakat bo`ylab targ`ib qilinishiga umid qilishmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar