1

Telefon orqali taloq tushadimi?

Savol-javob 24.11.2016, 11:34
Teglar: Savol-javob
Telefon orqali taloq tushadimi?

—      Agar er xotiniga jahl ustida telefon orqali «Uch taloqsan» desa, taloq tushadimi? Agar tushsa, unda eriga halol bo`lish uchun nima qilish kerak?

 

Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.

 

— Hozirgi kunda telefon orqali, «SMS» orqali, ijtimoiy tarmoqlar orqali taloq qilsa, nima bo`ladi, deganga o`xshagan savollar juda ham ko`payib ketdi. Va bu masala din peshvolarining ham muammolaridan biriga aylanib qoldi. Negaki, shu kabi savollar ko`p o`rtaga tashlanmoqda.

Avvalo bir lafzda «Uch taloqsan» deyish bid`iy taloq sirasiga kirishini eslatmoqchimiz. Ya`ni ayolini biryo`la uch taloq qilgan odam harom ishni qilgan hisoblanadi. Binobarin, katta gunohga tushib qolgan bo`ladi. Ammo, bu holatda uch taloq tushadi. To`rttala mazhabda e`tiborga olingan qavl shundan iborat. Ahli ilmlardan ayrimlarigina bir lafzda uchtaloq qilsa, bir taloq tushadi degan fikrni ushlagandilar. Ammo, aksariyat birinchi aytilgan qavlga ko`ra bir lafzda aytilgan uchtaloqni voqe` bo`lishini ta`kidlaydilar. Zero, yuqorida aytilganidek, to`rttala fiqhiy mazhab, jumladan, hanafiy mazhabidagi hukm ham shundan iborat. Endi g`azab masalasiga kelsak, agar g`azab inson aqlini butkul yo`qotadigan darajada kuchli bo`lsa, u holda taloq tushmaydi.

Taloq telefonda aytilsa ham tushadi. Bu er bilan xotin o`rtasidagi narsa. Faqat erining tovushiga o`xshagan tovushda yoxud qaysidir elektron dasturlar orqali boshqa birov erining tovushiga tovushini o`xshatib taloq so`zini aytsa va bu isbotini topsa, unda tushmaydi. Chunki begona erkak birovning ayolini taloq qilolmaydi.

Bordiyu taloq «SMS» orqali qilingan bo`lsa, ya`ni, telefonda qisqa xat yozib taloq qilinsa, unda ham taloq tushadi. Faqat ba`zi ulamolar va qozilar buning uchun ayrim shartlarni qo`yganlar. Jumladan, «SMS»ni eri yozganligi isbotlanishi. Chunki boshqa birov erning telefonidan yozib yuborsa, taloq tushmaydi. Voqelik shuni ko`rsatadiki, birov birovning telefonini vaqtinchaga olib, shunday ishni qilishi ehtimoldan xoli emas. Yana ayol kishi o`sha «SMS»ni qabul qilib olgan bo`lishi kerak. Mabodo tizimdagi nosozlik tufayli yoxud boshqa sabab bilan yozilgan «SMS» ayolga etib kelmasa, unda qazoan taloq tushmaydi. (Ammo, bu holat eri og`zaki ravishda uni taloq qilguncha davom etadi xolos. Ya`ni, yozilgan «SMS» etib kelmasa ham eri buni ta`kidlash uchun og`zaki ravishda ham taloq qilsa, taloq tushadi). Shuningdek, ayolga taloq haqida «SMS» etib kelsa-yu, eri qattiq turib buni men yozmaganman deya inkor qilsa va o`zi yozganligi ikkita adolatli guvohlar bilan isbotini topmasa, unda ham erning so`ziga quloq solinadi va qazoan taloq tushmaydi. Ammo «SMS»ni rostan ham er yozgan bo`lib, qilgan ishidan tonsa, unda gunohkor bo`laveradi. Lekin ayoldan gunoh soqit bo`ladi va dunyoviy qonunlarga ko`ra er-xotin maqomida yashaydilar.

Agar uchtaloq tushsa, bu holatda toki ayol boshqa birovga turmushga chiqib, u bilan yashab, keyin ajralib boshi ochiq bo`lmaguncha avvalgi eriga nikohlanishi mumkin emas. Lekin uchtaloq tushganmi, tushmaganmi, er bu so`zlarni g`azabning qay darajasida aytgan va hokazo kabi masalalar bevosita shu ishga mutasaddi bo`lgan tashkilotlar orqali hal qilinadi. Bizda bu masala O`zbekiston musulmonlari idorasiga murojaat qilish orqali hal qilinadi. Shuning uchun mazkur tashkilotga murojaat qilish lozim. 

muxlis.uz saytidan olindi.

Sharhlar

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

28.06.2017, 15:30

Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...
​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida...
​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

23.05.2017, 14:41

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10...
​Teridagi hollar: 5 savolga-javob

10.05.2017, 11:54

Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1