1

Ayollarning ishdagi muvaffaqiyatining 7 siri

SUG'DIYONA 24.11.2016, 15:40
Teglar: Ish, Ayol
Ayollarning ishdagi muvaffaqiyatining 7 siri

Omadli «ledy» bo`lish oson ish emas, lekin uddasidan chiqsa bo`ladi. Buning quyidagi 7 sirini kundaligingizga qayd qilib, kerakli vaqtda foydalana olsangiz, albatta omadga erishasiz!

Kundalik

Yil boshi yangi rejalar tuzish uchun ayni qulay palla. Kundalik daftar tuting-da, rejalaringizni yozib qo`ying. Lekin vaqtlarini aniq taqsimlab chiqing. Yaqinlaringiz, qarindoshlaringizga qo`ng`iroq qilish, tavallud kunlari bilan tabriklashni katta-katta harflar bilan alohida qayd eting. Reja daftari bilan har doimgidan-da ko`proq muvaffaqiyatga erishasiz.

Hamkasblar bilan suhbatda bo`ling

Ish bilan ovora bo`lib, o`z qobig`ingizga o`ralib qolmang. Albatta hamkasblar bilan hamsuhbat bo`ling. Shuningdek, ish yuzasidan bo`ladigan uchrashuvlarga ham borishni kanda qilmang. Bu yo`l bilan dunyoqarashingizni kengaytirasiz, ko`proq yangiliklardan boxabar bo`lasiz. Mazkur omillar esa muvaffaqiyat zinasiga navbatdagi odimni qo`yishingizga asos bo`ladi.

Tajribalardan cho`chimang

Maqsadingiz sari faqat bitta yo`ldan olg`a borishga ko`nikkanmisiz? Ha, deyishga shoshilmang. Chunki ba`zan boshqa yo`llarni ham sinab ko`rish kerak. Bu esa o`zimga-o`zim ortiqcha bosh og`rig`i orttirdim, degani emas. Yangi uslubni sinab ko`rish tajribangizni oshiribgina qolmay, siz o`ylagandan-da qiziqarli jarayonga aylanishi mumkin. Qolaversa, bir masalani qanday yo`llar bilan hal etish imkoniyati borligini ham bilib olasiz. O`zingizga qulay bo`lgan qolipdan chiqing. Ko`rasiz, natijasi sizni lol qoldiradi!

Tezamkor bo`ling

Mablag`ingizga aql bilan yondoshing. Ularni havoga sovurmang, axir pullarni daraxtdan terib yo erdan supurib olayotganingiz yo`q.

Ko`p qirrali bo`ling

Faqat ish haqida o`ylab, unga butkul sho`ng`ib ketmang! Til o`rganish kabi mashg`ulotlar uchun ham vaqt ajrating. Keyin attang qilib, o`zingizni zamondan ortda qolgandek his etishdan foyda yo`q. Otni vaqt borida qamchilang! O`zingizdagi imkoniyat, qobiliyatlarni har taraflama rivojlantirsangiz, omad ortingizdan quvib yuradi.

Dam olishga ham vaqt toping

Ish hech qachon tugamaydi! Shunday ekan, kino, sayr, dugonalaringiz bilan bir finjon qahva ichish uchun vaqt toping. «Yigirma to`rt soat vaqt kamlik qiladi-ku, bu haqda gap ham bo`lishi mumkin emas», deyapsizmi? Unutmang, vaqtni to`g`ri taqsimlash o`z qo`lingizda!

Tarozining pallasini teng ushlang!

Barcha jabhalarni tarozining pallasida teng ushlab turishga erisha olsangiz, muvaffaqiyat kaliti qo`limda deyavering. Ish ham, dam olish ham o`z o`rnida bo`lsin. Eng asosiysi, me`yorni biling!

 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Germaniyadagi yangi ish o`rinlari haqida ma`lumot berildi

19.08.2021, 09:10

 Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda  Germaniyaning "NoVo Agency e.K." tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tibbiyot sohasida oliy yoki o`rta-maxsus ma`lumotga ega fuqarolar ishga taklif qilmoqda.Bo`sh...
Germaniyada ishlash istagida bo`lganlarga muhim yangilik e`lon qilindi

17.08.2021, 15:33

 Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Germaniyaning "NoVo Agency e.K." tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tibbiyot sohasida oliy yoki o`rta-maxsus ma`lumotga ega fuqarolar ishga taklif qildi.Bo`sh...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1