1

Yo`l harakati borasidagi 7 irim

SUG'DIYONA 25.11.2016, 10:27
Teglar: Avto, Ayol
Yo`l harakati borasidagi 7 irim

Kimgadir irimlar kulgili tuyulsa, kimdir ularga qat`iy amal qiladi. Bugun ruldagi xonimlarning qanday irimlarga rioya etishi haqida so`z ochamiz. Albatta, ularning hammasi ham quyida keltirilgan irimlarning barchasiga ishonavermaydi. Kimlardir qaysidir irimni hali umuman eshitmagan hamdir balki. Nima bo`lganda ham quyidagilar ruldagi xonimlardan eshitganlarimiz va ularning aynan ularning tilidan keltiramiz.

 

1. — Avtomobil salonida «shu mashinamni sotishim kerak», demaslik kerak. G`ildiraklarni tepish, xatto haqoratlash ham mumkin emas. Chunki mashinangiz bunday muomalangizdan xafa bo`ladi, keyin ancha vaqt qaeri buzilganini tushunolmay yurasiz.

Kamola, talaba

2. — Minilgan mashina xarid qilayotgan bo`lsangiz, egasiga ham e`tibor bering. U o`ziga to`q odam bo`lsa, «omadi menga ham o`tsin» deb niyat  qilish kerak. Lekin yangisini sotib olayotib, qancha haydab, qachon sotishingizni xayol qilmang.

Gulnoza, tadbirkor

3. — Mashinamni sotib olganimda yukxonasiga domkrat, dori qutisi va ba`zi zarur anjomlarni joyladim-da, irim qilib «bu sizning joyingiz, shu erdan hech qaerga chiqmang», deganman. Bu bilan kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ko`ngilsiz xodisalarning oldi olinar ekan.

Dildora, uy bekasi

4. — Avtomobilingizning old oynasiga qushlarning axlati tushgan bo`lsa, bu pulingiz ko`payishidan darak. Biroq oynadagi bu «boylik»ni darhol artib olish kerak, yo`qsa, pullaringiz tez sarflanib, barakasi bo`lmaydi.

Sabohat, tadbirkor

5. — Men mashinamga muloyim nom qo`yib olganman, lekin nomini hech kimga aytmaslik kerak. Mabodo yoqilg`ingiz tugab borayotganiga ko`zingiz tushsa, ana shu nom bilan atab, erkalasangiz, benzin quyish shaxobchasigacha eson-omon etib olasiz.

Sevara, tikuvchi

6. — Negaligini bilmadim-u, doim mashinamni yuvdirishim bilan yomg`ir yog`adi. Shuning uchun yomg`ir yog`ishini xohlasam, mashinam toza bo`lsa ham yuvdirishga boraman.

Gulnoza, bank xodimi

7. — Har kuni uydan chiqishim bilan ko`chamiz boshidagi svetaforga e`tibor beraman. Agar uning yashil chirog`i yonib turgan bo`lsa, «bugun ishlarim zo`r bo`ladi!» deb xursand bo`laman. Qizil chiroq yoniq bo`lsa, o`sha kuni ehtiyotkor bo`lib yuraman. Sariq chiroqqa ko`zim tushsa, beixtiyor xayolimdan «kunim o`rtamiyona o`tarkan» degan fikr o`tadi.

Shirin, dizayner

Aytishlaricha, irimlar qachonki ularga ishonsanggina amalga oshar ekan. Eng asosiysi esa avtomobil ruliga faqat yaxshi niyat va mustahkam ishonch bilan o`tirish. Yo`lingiz bexatar bo`lsin!

DILDORA tayyorladi

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
FVV ogohlantiradi: Toshkentda kuchli shamol boshlandi

12.05.2020, 20:18

Bugun 12-may kunining ikki yarmida Poytaxtimiz bo`ylab kuchli shamol va yog`ingarchilik bo`lishi ma`lum qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu munosabati bilan Toshkent shahri aholisini ogoh bo`lishga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1