AsosiyDunyo

Sankt-Peterburgda yo`lovchi avtobus daryoga tushib ketdi

'Sankt-Peterburgda yo`lovchi avtobus daryoga tushib ketdi'ning rasmi

Sankt-Peterburg shahri markazida ichida o`nlab yo`lovchilar bo`lgan avtobus Moyka daryosiga quladi. Holat aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Bu haqda RIO Novosti xabar berdi.

“Fontanka” nashri guvohlarga tayanib bergan xabarga ko`ra, sohil bo`ylab harakatlangan avtobus ikki avtomobilga urilgan, to`siqni buzib o`tgan va suvga tushib ketgan.

Polisiyadagilar avtobusda 20 nafar atrofida odam bo`lganini xabar qilgan. Hozirda voqea joyida qutqaruv amaliyoti davom ettirilmoqda — odamlar avvaliga salondan avtobus tomiga chiqarilmoqda, keyin esa quruqlikka olib o`tilmoqda.

Dastlab “112” telegram-kanali manba keltirmasdan besh kishi halok bo`lgani haqida xabar berdi — keyinroq post tahrirlab qo`yildi, endi u erda faqat bir qurbon haqida gap ketadi.

Qurbonlar soni uch nafarni tashkil etayotgani, yana olti kishi shifoxonaga yotqizilganini xabar qilgan. 

“Fontanka” ma`lumotida esa, qurbonlar soni 6 nafar ekani aytilgan.

“Ostorojno, novosti” nashri guvohlarga tayanib xabar berishicha, birinchi bo`lib yaqin atrofda bo`lgan mehnat muhojirlari avtobus yo`lovchilariga yordam ko`rsatishga oshiqqan va bir necha kishini avtobusdan chiqarib olishgan.

Avtobus haydovchisi qo`lga olingan, holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar