AsosiySiyosat

Prezident farmoni bilan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo`yicha 2024 - 2028 yillarga mo`ljallangan milliy strategiya qabul qilindi

'Prezident farmoni bilan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo`yicha 2024 - 2028 yillarga mo`ljallangan milliy strategiya qabul qilindi'ning rasmi

Joriy yil 6 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoev giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakat genofondiga salbiy ta`sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to`g`risidagi farmonni imzoladi.  

Farmon bilan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo`yicha 2024 — 2028 yillarga mo`ljallangan milliy strategiya qabul qilindi. Strategiyada ichki ishlar organlarini narkotesterlarbilan ta`minlash, jinoyatlarni aniqlashda dronlardan foydalanish, mutaxassislar tayyorlash hajmini 5 baravarga oshirish va boshqalar maqsad qilingan.

Shu kunlarda mazkur strategiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari tomonidan e`tirof etilmoqda. 

BMT Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro kengashi kotibi (Avstriya) Mark Kolxon hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo`yicha boshqarmasi direktor o`rinbosari (Avstriya) Jan Lyuk Lemae O`zbekistonning 2024-2028 yillarga mo`ljallangan Narkotiklarga qarshi milliy strategiyasi bo`yicha o`z fikrlarini bildirishdi.

Jumladan, BMT Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro kengashi kotibi Mark Kolxon ushbu strategiya giyohvandlikka qarshi kurash sohasida «muhim qadam» deb atadi.

"Narkotiklarga qarshi kurash xalqaro kengashi O`zbekistonning 2024-2028 yillar uchun qabul qilingan Narkotiklarga qarshi milliy strategiyasini giyohvandlikka qarshi kurash sohasida milliy, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo`yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslarni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam, deb hisoblaydi", — dedi Mark Kolxon.

Shuningdek, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo`yicha boshqarmasi direktor o`rinbosari Jan Lyuk Lemae ham strategiyaning ahamiyati borasida so`z yuritib, xalqaro miqyosda giyohvandlik bilan bog`liq muammolarni hal etishga imkon berishini ta`kidladi.  

"O`zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo`yicha 2024 – 2028 yillarga mo`ljallangan milliy strategiyasi nafaqat, milliy, balki mintaqaviy va xalqaro miqyosda giyohvandlik bilan bog`liq muammolarning hal etilishiga imkon beradigan dolzarb hujjatdir", — dedi Jan Lyuk Lemae.  

    Boshqa yangiliklar