Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi. U fuqaroning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo`yishni va`da qilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, «Toshkent metropoliteni» DUK «Harakat» xizmati xodimi X.N. ismli shaxs fuqaro D.M.ning ishonchiga kirib, uni 2 mln so`m evaziga ishga joylab qo`yishga kelishgan.
Natijada undan 1 mln so`m miqdorda pora olayotgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
X.N. ga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan JKning 168-moddasining 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi o`rnatilgan tartibda hibsga olingan.