Oliy Majlis Senatining 52-yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o`zgartirishlar kiritish masalasi ham ko`rib chiqildi va Senatning tegishli qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.
Unga asosan Jumanazar Ergashev o`n yillik muddatga, Ma`murjon Kadirov muddasiz davrga, Dilshod Rajabov muddasiz davrga, Nosirjon Rasulov o`n yillik muddatga, Burxon Turdiev o`n yillik muddatga, Asqarali Ummataliev o`n yillik muddatga, Gulnafis Xudayberdieva o`n yillik muddatga O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.