AsosiyJinoyat
2106

Marg`ilonda 18 yoshli yigit 24 yoshli fuqaroni yuzi va orqasiga o`tkir tig`li jism bilan urgan

'Marg`ilonda 18 yoshli yigit 24 yoshli fuqaroni yuzi va orqasiga o`tkir tig`li jism bilan urgan'ning rasmi

Marg`ilon shaharida eski adovat ortidan og`ir jinoyat sodir qilindi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

 Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 21 may kuni, 2006 yilda tug`ilgan Marg`ilon shaharda yashovchi  fuqaro S.T. shaharning B.Marg`iloniy ko`chasida Yangi bog`i MFY da yashovchi 24 yoshli fuqaro A.A.ni o`tkir tig`li jism bilan o`ng orqa va yuz sohasiga urib, hayot uchun xavfli bo`lgan tan jarohati etkazgan. Fuqaro A.A. hodisa joyidan qochib ketishi natijasida,  S.T. jinoiy harakatlarini oxiriga etkaza olmasdan, hodisa joyidan noma`lum tomonga yashiringan.

Shifokorlar tomonidan o`z vaqtida ko`rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida A.A.ning hayoti saqlanib qolingan.

Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi S.T. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar