AsosiyJamiyat
745

1 iyundan mehnat migrasiyasidan qaytganlarni ishga qabul qilganlarga subsidiya to`lanadi

'1 iyundan mehnat migrasiyasidan qaytganlarni ishga qabul qilganlarga subsidiya to`lanadi'ning rasmi

2024 yil 1 iyundan mehnat migrasiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan  xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so`mdan subsidiya to`lanadi.

Qonunchilikka ko`ra, bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslar mustasno.

Bunda:

• subsidiya 2024 yil 1 iyundan 2026 yil 1 yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to`lanadi;

• mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro`yxatdan o`tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to`lash uchun asos bo`lib hisoblanadi;

• mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug`ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko`p vaqt bo`lmagan shaxslar tushuniladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar