Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolning bolasini ayovsiz kaltaklayotgani tasvirlangan videolavhalar tarqaldi. Bu haqda Oyina.uz xabar berdi.
Voqea Qashqadaryo viloyatida bo`lgan. Ayol eri aliment to`lamay kelayotgani uchun bolasini ayovsiz kaltaklaganini aytgani
“O`zimni tutolmay qoldim. Otang topgan pulini ichib, yuradi, sen ham shunga o`xshayapsanmi deb, jahl ustida urib tashladim”, — degan ayol.
Bola 2 yoshda. U kaltaklar ta`sirida tan jarohati olgan. Ona esa farzandini o`z vaqtida shifokorga ham ko`rsatmagan. Boladagi jarohatlarni esa ko`chada to`satdan boshqa ayollar ko`rib qolgan va ularning sa`y-harakati bilan “ona”ning qilmishlari fosh bo`lgan.