AsosiyJinoyat

Notkoin sotgan talaba 10 sutkaga qamaldi

'Notkoin sotgan talaba 10 sutkaga qamaldi'ning rasmi

2024 yil 7 iyun kuni jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzgan talaba yigitga jazo tayinlandi. Bu haqda darakchi.uz Oliy sud portalidagi ma`lumotga tayanib xabar bermoqda.

Ish hujjatiga ko`ra, 1 iyun kuni Toshkent shahar IIBB kotibiyati tomonidan ro`yxatga olingan fuqaro N.A.ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda 24 yoshli I.N.ga tegishli telefon va plastik kartadan kripto aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug`ullanganligi aniqlangan.

Sud majlisida I.N. yuqorida ko`rsatib o`tilgan holat bo`yicha aybini tan olib, Termiz Davlat universitetida bitiruvichi kurs talabasi ekanligini, kripto-aktivni Telegram ijtimoiy tarmog`ida yig`ganligini, Notcoin kripto-aktivini 800 ming so`m evaziga sotganligini, buni noqonuniy ekanligini bilmaganligini, oilada yagona boquvchi ekanligini ma`lum qilib, engillik berishni so`ragan.

JIB Chilonzor tuman sudida I.N. MJtK 155-4-moddasining (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar