AsosiySport

“Diyora, butun O‘zbekiston Siz bilan faxrlanadi!" — Saida Mirziyoyeva.

Diyora Keldiyorova Olimpiadada shohsupaga ko‘tariladigan ilk ayol o‘zbek dzyudochisiga aylandi.

'“Diyora, butun O‘zbekiston Siz bilan faxrlanadi!" — Saida Mirziyoyeva.'ning rasmi

Ma’lumki, kecha Parij-2024 Olimpiadasida O‘zbekiston ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi. Diyora Keldiyorova Olimpiadada shohsupaga ko‘tariladigan ilk ayol o‘zbek dzyudochisiga aylandi. Final baxsida u Tokio Olimpiadasida -48 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Kosovo vakili Distria Krasnichini yengdi. Chempionni Saida Mirziyoyeva tabrikladi. 


"Bugun o‘zbekistonliklar va shaxsan mening qalbim cheksiz quvonchga to‘ldi.

Dzyudochi Diyora Keldiyorova — O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan ilk ayol sportchi! Shuningdek, u Olimpiadada dzyudo bo‘yicha ilk oltin medalni olgan sportchimiz sifatida ham tarixga kirdi.

Diyoraning yorqin g‘alabasi bu – faqatgina “oltin medal” emas, balki sport to‘garaklarida tinimsiz shug‘ullanib, ulkan zafarlar haqida orzu qilayotgan ko‘plab qizlar uchun motivatsiya hamdir! Diyora, butun O‘zbekiston Siz bilan faxrlanadi!" - deya yozib qoldirdi Mirziyoyeva. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ham jahon chempioni bo'ldi'ning rasmi

    Sport 14.09.2025 20:48

    Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ham jahon chempioni bo'ldi

    Avvalroq, Fazliddin Erkinboyevning jahon chempioni bo‘lgani haqida xabar qilgandik.

    'Murodjon Ahmadaliev Naoya Inoue bilan jangda mag‘lub bo‘ldi'ning rasmi

    Sport 14.09.2025 18:16

    Murodjon Ahmadaliev Naoya Inoue bilan jangda mag‘lub bo‘ldi

    Inoue Ahmadaliyevni ochkolar hisobiga engdi.

    'Fazliddin Erkinboyev jahon chempioni boʻldi'ning rasmi

    Sport 14.09.2025 10:49

    Fazliddin Erkinboyev jahon chempioni boʻldi

    Boksi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi dastlabki oltinni qo'lga kiritdi.

    'ўзбекистонлик 5 нафар боксчи финалга чиқди'ning rasmi

    Sport 13.09.2025 16:39

    ўзбекистонлик 5 нафар боксчи финалга чиқди

    Yana olti nafar bokschimiz yarim final janglarida ringga chiqishi kutilmoqda.

    '8 nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionati yarim finaliga chiqdi'ning rasmi

    Sport 12.09.2025 08:15

    8 nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionati yarim finaliga chiqdi

    Mazkur bellashuv Liverpul shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

    'Maktabgacha ta’lim sohasida yangilik: tadbirkorlarga 7 yilgacha imtiyozli kreditlar va “nol” qiyamatida yer uchastkalari beriladi'ning rasmi

    Sport 09.09.2025 10:21

    Maktabgacha ta’lim sohasida yangilik: tadbirkorlarga 7 yilgacha imtiyozli kreditlar va “nol” qiyamatida yer uchastkalari beriladi

    Maktabgacha ta'lim qamrovi 80 foizdan past bo'lgan tuman (shahar)larda (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlik sub'ektlariga qator yengilliklar beriladi.