AsosiyJamiyat

Samarqandda Labo haydovchisi velosipedda ketayotgan bolani urib yubordi (video)

Voyaga yetmagan bola olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.

'Samarqandda Labo haydovchisi velosipedda ketayotgan bolani urib yubordi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 23 iyul kuni soat 14:00 atrofida Samarqand viloyati "Saxovat" MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.

Oqibatda velosipedchi tan jarohatlari bilan shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Olib borilgan muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.

“Yo‘lda to‘satdan oldimdan velosiped minayotgan bolakay chiqib qoldi. Men uni ko‘rmay qoldim. Haydovchilar va velosipedchilardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘rayman. Men qilgan ishimdan afsusdaman. Bu boshqa takrorlanmaydi”, - deydi haydovchi.

Hozirda Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar