AsosiySalomatlik

Insult nega yoshlar orasida ham uchramoqda?

Mutaxassis bu bo‘yicha ma’lumot berdi.

'Insult nega yoshlar orasida ham uchramoqda?'ning rasmi

“Miyaga xatarli zarba”: Insult nega yoshlar orasida ham uchramoqda? Bu bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

So‘nggi yillarda dunyo aholisi orasida insultga chalinish holatlari tobora ortib bormoqda. Achinarlisi, noto‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik tufayli bu kasallik nafaqat katta yoshli insonlar, balki yoshlar orasida ham tez-tez kuzatilyapti.

— Insult – inson hayotiga zomin bo‘ladigan jiddiy xastalik, — deydi mutaxassis. — U eng ko‘p tarqalgan o‘lim sabablari orasida uchinchi o‘rinda turadi. Qolaversa, bu dard dunyo aholisi orasida nogironlikning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu bois bu kasallikning oldini olish choralari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish foydadan holi emas.

Insult – bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi tufayli miya to‘qimasining shikastlanishidir. Uning ikkita – gemorragik va ishemik turlari bor.

Gemorragik insult – miya to‘qimasiga, to‘r osti bo‘shlig‘iga yoki miya qorinchalariga qon quyilishi bilan kechadigan miyadagi qon aylanishining o‘tkir buzilishidir. Xastalikning bu turida barcha belgilar ishemik insultdagiga qaraganda ancha yaqqol namoyon bo‘ladi.

Bundan tashqari, insultning bu turida bemor qusadi, yuzi qizaradi, uyquchan bo‘lib, ensa mushaklarida spazm hosil bo‘ladi va ko‘z to‘r pardasiga qon quyiladi. Gemorragik insult to‘satdan boshlanib, juda tez rivojlanadi.

Ishemik insultda bosh miyani ozuqa bilan ta’minlovchi asosiy qon-tomirlar trombozga uchraydi, ya’ni berkilib qoladi yoki mayda tomir tarmoqlarida spazm rivojlanadi.

Miya qon aylanishining buzilish nuqsonlari insonda bir necha oy, hatto yillar davomida paydo bo‘ladi. Ular insult belgilariga o‘xshaydi, biroq bir necha daqiqada, kamdan-kam hollarda bir necha soat mobaynida davom etishi bilan farq qiladi. Ko‘pincha bu alomatlar tezda o‘tib ketadi va miya faoliyati tiklanadi.

Lekin bunday tiklanishlarga ishonmaslik kerak, ishemik kasallik yillar davomida surunkali ravishda miya to‘qimalarini yemirib boradi.

Insultga olib keluvchi omillarning deyarli barchasining oldini olish mumkin. Bu omillar: qonda xolesterin miqdorining oshib ketishi, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish va tamaki chekish, kamharakatlik, ruhiy zo‘riqishlar, ateroskleroz, arterial gipertoniya, qandli diabet va yurak aritmiyasi kabilardir.

Insultga olib keluvchi eng xatarli omillardan biri — arterial gipertoniya, ya’ni qon bosimining oshib ketishidir. Shuningdek, ateroskleroz ham insultga sabab bo‘lishi mumkin.

Aytish joizki, yosh ulg‘aygan sayin ateroskleroz kasalligi ko‘p uchray boshlaydi. Shuning uchun ham asosan katta yoshlilar insult bilan kasallanadi.

Chekish insult rivojlanishini deyarli 2 barobarga oshiradi. Bu illat qon ivishini kuchaytirib, tromblar hosil bo‘lishini tezlashtiradi va tomirning ichki devorini zararlaydi, tomir torayib, unda qon aylanishi sustlashib boradi.

Bundan tashqari, spirtli ichimliklar iste’moli ham insultning rivojlanish xavfini bir necha barobarga oshirishi isbotlangan. Shu bois kasallikning oldini olish uchun albatta to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish zarur.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab tashkil etiladi'ning rasmi

Salomatlik 21.05.2025 18:09

Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab tashkil etiladi

2025 yil yakunigacha Strategiyani joriy etish loyihasini amalga oshirish doirasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.

'Ko‘p ovqat yeyishning sababi nima bilan bog‘liq?'ning rasmi

Salomatlik 21.05.2025 17:35

Ko‘p ovqat yeyishning sababi nima bilan bog‘liq?

Psixolog ortiqcha ovqatlanishni ko‘p hollarda fiziologik ochlik bilan emas, balki ichki psixologik qiyinchiliklar bilan bog‘lamoqda.

'Ayollar shampunlarida saraton chaqiruvchi moddalar topildi'ning rasmi

Salomatlik 20.05.2025 17:35

Ayollar shampunlarida saraton chaqiruvchi moddalar topildi

Ayollar shampunlarida saraton chaqiruvchi moddalar topildi – kosmetika vositalarining deyarli yarmi hayot uchun xavfli. Hatto “tabiiy” kosmetika va ulama kiprik uchun yelim ham xavfli ekani aniqlandi.

'Shifokor stressni yengishga yordam beradigan uchta mahsulotni aytdi'ning rasmi

Salomatlik 19.05.2025 17:50

Shifokor stressni yengishga yordam beradigan uchta mahsulotni aytdi

Stressni yengish va depressiya alomatlarini yengillashtirishda insonga yordam beradigan mahsulotlar haqida bilasizmi?

'Ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladigan mahsulotlar haqida eshitganmisiz?'ning rasmi

Salomatlik 19.05.2025 17:48

Ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladigan mahsulotlar haqida eshitganmisiz?

Yozda ultrabinafsha nurlarning intensivligi inson yuzida erta qarish va pigmentatsiya paydo bo‘lish xavfini oshiradi.

'Chang havoda qanday tibbiy tavsiyalarga amal qilish kerak?'ning rasmi

Salomatlik 17.05.2025 22:13

Chang havoda qanday tibbiy tavsiyalarga amal qilish kerak?

Mutaxassis bu borada muhim tavsiyalar berdi.