Olimlar pandemiya davrida mRNK vaktsinasini olgan va olmagan saraton bemorlarining natijalarini solishtirib, kutilmagan xulosaga keldi. Tadqiqotga ko‘ra, Pfizer yoki Moderna vaktsinasini immunoterapiyadan 100 kun oldin olgan bemorlar — bunday vaktsina olmaganlarga nisbatan ikki baravar ko‘proq yashagan. Vaktsina turi farq qilmagan. Tadqiqotda rivojlangan o‘pka va melanoma tashxisi qo‘yilgan mingdan ortiq bemorning ma’lumotlari o‘rganilgan. Ularga saratonga qarshi keng qo‘llanadigan "chekpoint ingibitorlari" qo‘llangan. Mutaxassislar bu natijalar endi yanada yirik klinik sinovlarda tasdiqlanishi zarurligini aytmoqda. Ularni bir qator savollar qiziqtirmoqda: vaktsina qachon berilganda samarasi eng yuqori bo‘ladi? Qaysi turdagi saratonlarda bu ta’sir takrorlanadi? Va agar mRNK bevosita immunitetni faollashtiruvchi oqsilni kodlasa, natija kuchayadimi? Keng tarqalganligi, arzonligi va dorixonalarda mavjudligi sababli mRNK vaktsinalari kelajakda saratonga qarshi muhim vosita bo‘lishi ehtimoli bor.
COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?
Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.






