AsosiyJinoyat

Farg‘onada mashina olib qochgan talaba ushlandi

U to‘rtta jinoyatni sodir etishda ayblanib, 5 yilga qamalgan.

'Farg‘onada mashina olib qochgan talaba ushlandi'ning rasmi

Farg‘onada universitet talabasi Jentra mashinasini olib qochganligi aniqlandi. Bu haqda Aziz Obidov ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, universitet talabasi darsdan tashqari Farg‘ona shahridagi "avtomoyka"da ishlab kelgan. U mashinasini yuvdirgani kelgan shaxsning Jentra’sini o‘g‘irlab ketib, mashina egasining texnik pasportini Qo‘qondagi oshxonaga garov sifatida bergan.

Shuningdek, yigit mashinadagi "antiradar"ni sotib yuborgan. U olib qochgan mashinani Marg‘ilondagi istirohat bog‘i yaqiniga tashlab ketgan. Qidiruv ishlari davomida mashina topilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yigit jinoiy ishlarini davom ettirib, tanishining 1 million 800 ming so‘mlik telefonini o‘g‘irlab sotib yuborgan.

Mazkur holatni Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona sudi ko‘rib chiqib, yigit Jinoyat Kodeksining 168 moddasi (Firibgarlik), 169 modda (O‘g‘rilik) va 227 moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) hamda 267 moddasi (Transport vositasini olib qochish) bilan 5 yilga qamaldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Xorazm va Sirdaryoda firibgarlik holatlari fosh etildi'ning rasmi

Jinoyat 30.05.2025 07:52

Xorazm va Sirdaryoda firibgarlik holatlari fosh etildi

Hududiy mutasaddilar pora olayotganda qo‘lga tushdi

'Xorazmda 2,2 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irligi fosh etildi'ning rasmi

Jinoyat 27.05.2025 12:47

Xorazmda 2,2 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irligi fosh etildi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

'“Haj safariga yuboraman” deb fuqarolardan minglab dollar olgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Jinoyat 27.05.2025 07:22

“Haj safariga yuboraman” deb fuqarolardan minglab dollar olgan firibgarlar ushlandi

Hozirda ushbu jinoyatlardan jabrlangan boshqa fuqarolar shaxsini aniqlash va ularga yetkazilgan moddiy zararlarni baholash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

'Interpol qidiruvidagi ikki ayol O‘mondan Toshkentga keltirildi'ning rasmi

Jinoyat 26.05.2025 21:37

Interpol qidiruvidagi ikki ayol O‘mondan Toshkentga keltirildi

Ulardan biri firibgarlik va biri odam savdosi bilan ayblanib, qidiruvda bo‘lgan.

'Ichki ishlarga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “uddaburonlar” qo‘lga tushdi'ning rasmi

Jinoyat 26.05.2025 07:30

Ichki ishlarga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “uddaburonlar” qo‘lga tushdi

Ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, pul olgan adliya va gvardiya xodimlari DXX tomonidan ushlandi.

'Toshkentda 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi'ning rasmi

Jinoyat 23.05.2025 11:22

Toshkentda 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi

Hozirda holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.