AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda erkak 1 yoshli qizni urib o‘ldirib qo‘ydi

U aybini yashirish uchun qizaloq "kolyaska"dan yiqilib tushganini aytib kasalxonaga olib borgan.

'Qashqadaryoda erkak 1 yoshli qizni urib o‘ldirib qo‘ydi'ning rasmi

Qashqadaryoda ayol eri bilan birgalikda dugonasining 1 yoshli bolasini urib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga xabar berdi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 21 iyul kuni soat 12:00 larda 2023 yilda tug‘ilgan qizaloq kasalxonaga o‘lik holda olib kelingan. Aniqlanishicha, marhumaning onasi, 1988 yilda tug‘ilgan A.N. 2024 yil aprel oyida Rossiyaga ishlashga ketish uchun qiziga enaga yollagan.

Rossiyaga ketganidan keyin 2024 yilning may oyida dugonasi, 1983 yilda tug‘ilgan ayol qo‘ng‘iroq qilib, yollagan enaga uning farzandiga yaxshi qaramaganligi sababli bolasiga o‘zi qarab turishini aytgan.

Shundan so‘ng, dugonasi qizaloqni o‘zining uyiga olib kelgan. 20 iyul soat 11:30 larda birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, 2001 yilda tug‘ilgan erkak qaramog‘ida bo‘lgan marhuma tanasini turli qismlariga urib, jarohat yetkazganligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, 20 iyul kuni qizaloq tushlik vaqtida kiyimiga xojatini chiqargani sababli erkak (2001 yilda tug‘ilgan) qo‘lining mushti bilan uning ko‘krak qafasi va qorniga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan. O‘zining jinoiy qilmishini yashirish maqsadida go‘yoki kolyaskadan yiqilib tushgani haqidagi vaj bilan shifoxonaga olib borgag erkak ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan 22 iyul kuni O‘zR JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar