AsosiyJamiyat

Andijonda “Dunyo sadolari” festivaliga qancha mablag‘ sarflangani ma’lum qilindi

Viloyat hokimligi xalqaro milliy estrada san’ati festivali natijasidagi yirik iqtisodiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

'Andijonda “Dunyo sadolari” festivaliga qancha mablag‘ sarflangani ma’lum qilindi'ning rasmi

Andijon viloyatining Xonobod shahrida 29—31 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivaliga barcha manbalar hisobidan jami 6 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Bu haqda viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimligi bergan axborotga ko‘ra, ushbu xalqaro tadbir aholi uchun samarali tomonlama yirik iqtisodiy o‘zgarishlarni ham yasadi. Qayd etilishicha, festival davomida Xonobod shahriga mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilar soni 2,5 barobarga (2 million nafar) ortdi. Tadbirkorlik subyektlarida tushum keskin ortdi. Jumladan, 2024 yilning 7 oyi davomida tushum 48 milliard so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, (shundan 29—31 iyul kunlari 8,5 milliard so‘mga yetgan) o‘tgan yilning mos davrida nisbatan ikki barobarga ko‘p.

“Bu ko‘rsatkichlar Xonobod shahridagi tadbirkorlik subyektlari va aholi daromadi oshganligini ko‘rsatmoqda”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soni o‘tgan 2023 yilda 48 tani tashkil etgan bo‘lsa. 2024 yildagi xalqaro tadbir davomida doimiy faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik faoliyatlari soni 230 taga ko‘payib, qariyb besh barobarga ortdi.

Mehmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi dala hovli va uy mehmonxonalaridagi yotoq joylar soni 1900 tani tashkil qilgan bo‘lsa 2024 yilda bu raqam 6 mingdan ortdi. Ayniqsa, aholi daromadlarini oshirish, ish bilan ta’minlash va kam daromadli fuqarolarning daromadini oshirishda “Sayxunobod”, “Uychi” tajribasi asosida 600 dan ortiq xonadonlarda uy-mehmonxonalar tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Ertaga Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi aytilmoqda'ning rasmi

Jamiyat Bugun 13:12

Ertaga Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi aytilmoqda

Mazkur jarayonlar oqibatida atmosfera havosida chang zarrachalari, ayniqsa, atmosfera tarkibida PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatli ortishi kuzatilishi mumkin.

'Rossiyadagi mahbuslar jazoni O‘zbekistonda o‘tashni so‘radi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 05:50

Rossiyadagi mahbuslar jazoni O‘zbekistonda o‘tashni so‘radi

Mahbuslar Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari tomonidan harbiy harakatlarda qatnashish evaziga jazodan ozod qilish va yuqori maosh taklif etilayotgani haqida maʼlum qilishdi.

'"Centrum Air" va "Qanot Sharq" faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 04:29

"Centrum Air" va "Qanot Sharq" faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Aviaqatnovlar bo'yicha yo'lovchilardan tushayotgan shikoyatlar soni o'tgan 4 oyi ichida 145 taga yetgan.

'O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi'ning rasmi

Jamiyat 25.05.2026 17:55

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

'Qashqadaryoda dahshatli YTH: ikki Nexia va KamAZ ishtirokidagi to'qnashuvda bir kishi shifoxonaga tushdi'ning rasmi

Jamiyat 25.05.2026 09:51

Qashqadaryoda dahshatli YTH: ikki Nexia va KamAZ ishtirokidagi to'qnashuvda bir kishi shifoxonaga tushdi

Ko‘kdala tumanidagi avariya oqibatida avtomobillar vayron bo‘ldi, yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

''ning rasmi

Jamiyat 25.05.2026 06:57