AsosiyJAMIYAT

Qoraqalpog‘istonda voyaga yetmagan ikki mahbus kattalar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi

Bolalar ombudsmani aralashuvi bilan ular alohida kameraga o‘tkazilgan.

'Qoraqalpog‘istonda voyaga yetmagan ikki mahbus kattalar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi'ning rasmi

Qoraqalpog‘istondagi 2-sonli tergov hibsxonasida 2 nafar voyaga yetmagan yigit katta yoshlilar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi. bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani 18−19 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 2-sonli tergov hibsxonasida bo‘lgan va monitoring o‘tkazgan. 

U muassasada saqlanayotgan 2 nafar voyaga yetmagan X.X. va R.T.ning sharoitlarini ko‘zdan kechirdi va ular bilan suhbatlashdi. Monitoring davomida voyaga yetmaganlar katta yoshli mahbuslar bilan bir kamerada saqlanayotgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, xalqaro standartlar va milliy qonunchilikka ko‘ra, hibsxonalarda voyaga yetmaganlar kattalardan ajratilgan tarzda saqlanishi shart bo‘lib, alohida hollardagina bunga prokuror roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Bolalar ombudsmani monitoring doirasida aniqlagan ushbu qonun buzilishi yuzasidan yo‘llagan alohida so‘rovi asosida hibsxonadagi holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, 2011 yildagi "Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida"gi qonunning 41-moddasi talablariga rioya qilinmasdan, prokuror roziligini olmasdan turib, voyaga yetmaganlar katta yoshli shaxslar bilan bir kamerada saqlangan. Shu sababli tergov hibsxonasi ma’muriyatining mutasaddi mansabdor shaxslariga qattiq hayfsan intizomiy jazosi qo‘llandi.

"Tekshiruvda katta yoshli mahbuslar tomonidan voyaga yetmaganlar huquqlariga zarar yetkazish faktlari aniqlanmay, ayni paytda voyaga yetmaganlar katta yoshli shaxslardan alohida kameraga joylashtirilgan bo‘lib, hibsxona ma’muriyati qonun talablariga qat’iy rioya qilishi prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan", — deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar

'Bo'stonliqda kanalga tushib ketgan bolalardan birining jasadi topildi'ning rasmi

JAMIYAT Bugun 05:41

Bo'stonliqda kanalga tushib ketgan bolalardan birining jasadi topildi

Ayni vaqtda ikkinchi bolani qidirish ishlari davom ettirilmoqda. Qutqaruvchilar tomonidan qidiruv-qutqaruv tadbirlari uzluksiz ravishda olib borilmoqda.

'Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi'ning rasmi

JAMIYAT Bugun 04:28

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobusi piyodani urib yubordi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati ma’lum qildi.

'Saida Mirziyoyeva “Ostona” xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi'ning rasmi

JAMIYAT Bugun 03:55

Saida Mirziyoyeva “Ostona” xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi

Uchrashuv davomida markazning moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda xalqaro moliyaviy xizmatlar bozorini kengaytirish bo‘yicha tajribasi muhokama qilingan.

'Urgutda 27,4 ming dollarlik gashish savdosi fosh etildi'ning rasmi

JAMIYAT Bugun 03:17

Urgutda 27,4 ming dollarlik gashish savdosi fosh etildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

'O'zbekistonga Koreyadan uchinchi “Hyundai Rotem” tezyurar poyezd keltirildi'ning rasmi

JAMIYAT 21.06.2026 17:22

'O'zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ro'ziboy Sattorov olamdan o'tdi.'ning rasmi

JAMIYAT 21.06.2026 15:06

O'zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ro'ziboy Sattorov olamdan o'tdi.

Samolyotda uchish orzusi ushalgan faxriy 116 yoshida vafot etdi