AsosiyJAMIYAT

“Videodagi holat Bo‘stonliqdagi oromgohda sodir bo‘lgan”

Mehribonlik uyi oromgohida “camosud” qilingan bola yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi.

'“Videodagi holat Bo‘stonliqdagi oromgohda sodir bo‘lgan”'ning rasmi

Bugun, 13 avgust kuni mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi "samosud" qilingani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati izoh berdi.

Videodagi holat joriy yilning 5 avgust kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Qizil-suv mahallasida joylashgan Mehribonlik uyi oromgohida (Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uyidan kelgan) tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Oromgohga dam olishga kelgan 3 nafar (2008 yilda tug‘ilgan S.X., D.I va V.L) tarbiyalanuvchilar o‘zaro janjallashgan. Ushbu holatni boshqa bir tarbiyalanuvchi videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Hozirda holat yuzasidan hududiy ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mexribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchilaridan biri, hozirda huququshunos, bola huquqlari bo‘yicha faol bo‘lib ishlaydigan Shermuhammad Dehqonov darakchi.uz bilan aloqaga chiqib, "detdom"da bir necha yil avval ham shu kabi voqealarga guvoh bo‘lganini so‘zlab berdi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

''ning rasmi

JAMIYAT Bugun 09:44

'Braziliyada ikki vertolyot to'qnashdi'ning rasmi

JAMIYAT Bugun 07:34

Braziliyada ikki vertolyot to'qnashdi

Qurbonlar orasida Oliver Tri bo'lishi mumkin.

'Mirziyoyev Si Tszinpinni tavallud kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

JAMIYAT Bugun 07:29

Mirziyoyev Si Tszinpinni tavallud kuni bilan tabrikladi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

'Samarqandda bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv havzasiga tushib ketib halok bo‘ldi'ning rasmi

JAMIYAT Bugun 05:47

Samarqandda bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv havzasiga tushib ketib halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

'AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi'ning rasmi

JAMIYAT Bugun 04:47

AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Shahboz Sharifning ta'kidlashicha, muzokaralarda vositachilik qilgan Pokiston AQSh va Eronga, shuningdek, jarayonda ishtirok etgan Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiyaga minnatdorlik bildirgan.

'Saida Mirziyoyeva giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashni o'z nazoratiga oldi'ning rasmi

JAMIYAT Bugun 04:25

Saida Mirziyoyeva giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashni o'z nazoratiga oldi

U mazkur masalani shaxsan o‘z nazoratiga olganini bildirib, giyohvandlikka qarshi kurashda jamiyatning har bir a’zosi faol bo‘lishi lozimligini qayd etdi.