AsosiyJamiyat

O‘zbekiston temir yo‘llari uchun 220 mln yevroga 6 ta elektropoyezd xarid qilinadi

Loyiha bilan yo‘lovchi tashishni yiliga 1,3 mln nafarga yetkazish hamda 300 nafardan ortiq qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish reja qilinmoqda.

'O‘zbekiston temir yo‘llari uchun 220 mln yevroga 6 ta elektropoyezd xarid qilinadi'ning rasmi

O‘zbekiston temir yo‘llari uchun Koreya Eksimbanki ishtirokida 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlar xarid qilinadi. Bu borada 2024 yil 14 iyunda Koreya Respublikasining "Hyundai Rotem" kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan bo‘lib, 12 avgust kuni loyihani amalga oshirishga tdoir Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 220,03 mln yevroga teng. Loyihani amalga oshirish davri esa 6 yilni tashkil qiladi.

Mazkur loyiha bilan yo‘lovchi tashishni yiliga 1,3 mln nafarga yetkazish hamda 300 nafardan ortiq qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish reja qilinyapti.

Loyihaning o‘z-o‘zini oqlash taxminiy muddati esa 25,1 yil etib belgilangan. 

Koreya Eksimbankining qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organlar – "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va uning tarkibidagi "Temiryo‘lekspress" AJ hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2024 yil yakuniga qadar 465 km bo‘lgan Buxoro-Urganch-Xiva, 2026 yil yakuniga qadar 196 km bo‘lgan Miskin-Nukus temir yo‘l uchastkalarida elektrlashtirish ishlarining yakunlanishi natijasida elektropoyezdlar harakati 250km/soatgacha yetkazish rejalashtirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Chegara hududida yirik miqdordagi narkotik moddalar ushlandi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 03:06

Chegara hududida yirik miqdordagi narkotik moddalar ushlandi

Narkotik moddalar egalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

'Javohir Sindorov sharafiga tantanali marosim boʻlib oʻtdi.'ning rasmi

Jamiyat 17.04.2026 14:32

Javohir Sindorov sharafiga tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalqaro shaxmat maydonida tarixiy natija qayd etgan Javohir Sindorovni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

'"Oʻzbekiston temir yoʻllari" tenderlarida 21 mlrd soʻmlik qonunbuzilish aniqlandi'ning rasmi

Jamiyat 17.04.2026 13:27

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" tenderlarida 21 mlrd soʻmlik qonunbuzilish aniqlandi

Бу бўйича масъул ташкилотларга нисбатан тегишли чоралар кўрилди.

'Yangi yoʻlda ayolni chet elga fohishalikka yuborishga urinagan shaxs ushlandi'ning rasmi

Jamiyat 17.04.2026 09:51

Yangi yoʻlda ayolni chet elga fohishalikka yuborishga urinagan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi jabrlanuvchini Turkiyaga olib chiqib, jinsiy ekspluatatsiya qilishni rejalashtirgan.

'Yosh shoir Jahongir Nomozov vafot etdi.'ning rasmi

Jamiyat 17.04.2026 08:54

Yosh shoir Jahongir Nomozov vafot etdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, u o'z joniga qasd qilgan.

'Texnikum va litseylar uchun milliy reyting joriy etiladi'ning rasmi

Jamiyat 17.04.2026 06:48

Texnikum va litseylar uchun milliy reyting joriy etiladi

Yangi tizim ta'lim sifati va muassasalar o'rtasida raqobatni kuchaytirishga qaratilgan.