AsosiySiyosat

Olti oyda Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkentda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘zgarish bo‘lmagan

Hozirda korxonalarda 250 mingta bo‘sh ish o‘rni bor, lekin, kambag‘al oilani 35 foiz ishga layoqatli a’zolarida bilim va ko‘nikma kam.

'Olti oyda Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkentda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘zgarish bo‘lmagan'ning rasmi

Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda davlat rahbari kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar ahvoli hamma viloyat va tumanda ham bir xil emasligini ko‘rsatib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Masalan, o‘tgan olti oyda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda kambag‘allik 2 foizdan ortiq kamaygan bo‘lsa, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent shahrida o‘zgarish bo‘lmagan. Respublikaning 15 ta tumanida kambag‘allik 20 foizdan yuqori. Bular – Amudaryo, Beruniy, Qonliko‘l, Nukus, Taxtako‘pir, Xo‘jayli, Chimboy, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Gurlan, Yangiariq, Yangibozor va Tuproqqal’a. 

Bu tumanlarda kambag‘allikni qisqartirish uchun uch yilda 1,7 trillion so‘mlik arzon kredit va subsidiya berilgan bo‘lsa-da, o‘zgarish bo‘lmagan. Aholiga bo‘lib berilgan yerlar bo‘yicha 17 ta tumanda 2-3 martadan hosil olish hisobiga kambag‘allik 2 karra kamaydi. Bular – Paxtaobod, Baliqchi, Gurlan, Xonqa, Oltiariq, Dang‘ara, Konimex, Boyovut, Jomboy, Shofirkon, Sh.Rashidov, Zomin, Shahrisabz, Bandixon, O‘rta Chirchiq, Bo‘ka, Taxiatosh tumanlari.

Lekin, 14 ta tuman – Qonliko‘l, Shumanay, Qorovulbozor, Peshku, Chiroqchi, Muborak, Nurobod, Oqoltin, Muzrabot, Bandixon, Qiziriq, Ohangaron, Parkent, Tuproqqal’ada o‘zgarish sezilmayapti. Tuman hokimlari, ularning iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlariga bu boradagi faoliyati sustligi bo‘yicha qat’iy e’tiroz bildirildi.

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, mutasaddilar masalani ichiga chuqurroq kirdi, eng og‘ir mahalladagi nochor oilalarga borib, nimaga ko‘proq e’tibor berish kerakligini o‘rgandi. Bu masalada savdo, servis, to‘qimachilik, tibbiyot, ovqatlanish, qurilish, kasanachilik, elektrotexnika, transport sohasi tadbirkorlari bilan aniq muhokamalar o‘tkazildi.

O‘rganishlar kambag‘allikni faqat pul tarqatish bilan hal qilib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Hozirda 3-5 million so‘mgacha oylik beraman degan korxonalarda 250 mingta bo‘sh ish o‘rni bor. Lekin, kambag‘al oilani 35 foiz ishga layoqatli a’zolarida bilim va ko‘nikma kam.

Bola parvarishi bilan band bo‘lgani uchun ishlash xohishi bo‘lgan ayollarning 43 foizi ishga bora olmayapti. Kambag‘al oilalarning 83 foizida katta tomorqa bor. Lekin, ularning 62 foizida – suv, 48 foizida – elektr muammosi bor, yana 50 foizi markazdagi bozorga borishga qiynalmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi'ning rasmi

    Siyosat17.09.2024 08:19

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston Prezidenti Ostonada "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etadi.

    'O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochdilar'ning rasmi

    Siyosat16.09.2024 12:53

    O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochdilar

    Mutasaddilar videoaloqa orqali yetakchilarga loyiha haqida batafsil ma’lumot berdilar.

    '32 yil ichida ilk marta AQSH va O‘zbekiston bojxona xizmatlari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Siyosat16.09.2024 11:19

    'Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi'ning rasmi

    Siyosat11.09.2024 20:57

    Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi

    Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat uchun mas’ul alohida o‘rinbosari tayinlandi

    'Kambag‘al oilalar farzandlarini bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olishini tashkil qilish Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi'ning rasmi

    Siyosat11.09.2024 19:21

    Kambag‘al oilalar farzandlarini bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olishini tashkil qilish Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi

    Moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.

    '“Odamlarga qancha yordam bermaylik, mahallalar sharoitini yaxshilamasak, kambag‘allik qisqarmaydi”'ning rasmi

    Siyosat11.09.2024 18:07

    “Odamlarga qancha yordam bermaylik, mahallalar sharoitini yaxshilamasak, kambag‘allik qisqarmaydi”

    2025 yili mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga barcha manbalardan 1,6 milliard dollar ajratiladi.