AsosiyDunyo

O‘zbekiston BMTning Isroildan Falastin yerlarini tark etishini talab qiluvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi

Rezolyutsiya loyihasini 124 davlat qabul qildi.

'O‘zbekiston BMTning Isroildan Falastin yerlarini tark etishini talab qiluvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi'ning rasmi

BMT Bosh assambleyasi Isroildan Xalqaro sud qarorini bajarishi va bosib olingan Falastin hududini bir yil ichida tark etishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi. Bu haqda "TASS" xabar berdi.

Rezolyutsiyani 124 davlat, jumladan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Belgiya, Braziliya, Qatar, Xitoy va Fransiya qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek 14 davlat (Isroil, AQSH, Vengriya va boshqalar) qarshi chiqdi, yana 43 davlat ovoz berishda betaraf qoldi.

Qayd etilishicha, rezolyutsiyani qabul qilish uchun ovozlarning uchdan ikki qismi talab qilingan. Ushbu rezolyutsiya Falastinning BMT Bosh Assambleyasida huquqlari kengaytirilganidan keyin ovoz berishga taklif qilingan birinchi hujjat bo‘ldi.

Tegishli qaror loyihasi 18 banddan iborat bo‘lib, u Isroilning bosib olingan Falastin hududidagi barcha yerlarni zudlik bilan tark etishni talab qiladi. Shuningdek ushbu hujjat qabul qilinganidan keyin 12 oydan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:59

    'BMT komissiyasi: Isroil Gʻazoda genotsid akti sodir etgan'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:16

    BMT komissiyasi: Isroil Gʻazoda genotsid akti sodir etgan

    Hisobotda qotillik, ruhiy zarar va falastinliklarni yo‘q qilishga qaratilgan harakatlar tilga olingan.

    'Trump Buyuk Britaniyaga bordi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:10

    Trump Buyuk Britaniyaga bordi

    AQSh prezidenti Melaniya Trump bilan Londonga bordi, Vindzor qal'asida qirol bilan uchrashadi.

    'Kozogʻistonda kelin oʻgʻirlash jinoyat deb topildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:30

    Kozogʻistonda kelin oʻgʻirlash jinoyat deb topildi

    Qozog‘istonda endilikda kelin o‘g‘irlash va nikohga majburlash jinoyat sifatida og‘ir jazolanadi.

    'Chips va "fast-food" xotira pasaytiradimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:40

    Chips va "fast-food" xotira pasaytiradimi?

    Chips va "fast-food" iste'molidan 4 kundan so'ng xotira pasayishi mumkin, olimlar ogohlantirmoqda

    'Germaniya Polsha talab qilgan reparatsiyalarni rad etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:23

    Germaniya Polsha talab qilgan reparatsiyalarni rad etdi

    Polsha prezidenti Berlinga ilk tashrifi chog‘ida Ikkinchi jahon urushida yetkazilgan zarar uchun reparatsiyalar masalasini ko‘tardi.