AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda o‘lim bilan yakunlangan YTHlar soni 1,1 foizga kamaygan

Senatorlar ma’qullagan Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda hamon saqlanib qolayotgan tizimli muammolarni hal etish maqsadida o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

'O‘zbekistonda o‘lim bilan yakunlangan YTHlar soni 1,1 foizga kamaygan'ning rasmi

Joriy yilning 6 oyi davomida O‘zbekistondagi umumiy yo‘l-transport hodisalari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,6 foizga, o‘lim bilan bog‘liq hodisalar 1,1 foizga, tan jarohati bilan bog‘liq holatlar 9,2 foizga kamaygan. Bu haqida Senatning 57-yalpi majlisida ma’lum qilindi.

Bunga yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirish, shu jumladan haydovchilar va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish, yo‘l harakatining tashkil etilishini to‘liq raqamlashtirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratish orqali erishilgan.

Qayd etilishicha, senatorlar tomonidan muhokama etilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun bilan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda hamon saqlanib qolayotgan tizimli muammolarni hal etish va aholiga qulaylik yaratish hamda qonunlarga hurmat hissini shakllantirish maqsadida o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda mudhish voqea yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 00:39

    Toshkentda mudhish voqea yuz berdi

    Scooter va Spark toʻqnashuvi sababli ikki nafar shaxs jarohat olgan.

    'Endi "Shifokorning raqamli yordamchisi" dasturi yo'lga qo'yiladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.09.2025 19:06

    Endi "Shifokorning raqamli yordamchisi" dasturi yo'lga qo'yiladi

    Dastur sun'iy intellektga asoslangan bo'lib, tibbiy ko'rik paytida shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiradi.

    'Oʻzbekistonda infektsiya tarqalish xavfi bormi?'ning rasmi

    Jamiyat 17.09.2025 18:24

    Oʻzbekistonda infektsiya tarqalish xavfi bormi?

    Sanepidqoʻmita bu haqda xabar berdi.

    'Endi Green Card’ga ariza topshirish pulli bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.09.2025 16:10

    Endi Green Card’ga ariza topshirish pulli bo‘ladi

    AQSH Davlat departamenti Diversity Visa (DV) ya’ni Green Card’ga ariza topshirish uchun 1 dollar to‘lov joriy etilishini aytdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 17.09.2025 12:30

    'Joriy yilda ichimlik suvidan qarz boʻlgan 53,5 ming isteʼmolchi tarmoqdan uzildi'ning rasmi

    Jamiyat 17.09.2025 10:50

    Joriy yilda ichimlik suvidan qarz boʻlgan 53,5 ming isteʼmolchi tarmoqdan uzildi

    Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar ortidan 76 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.