AsosiyJamiyat

“Andijon — Qo‘qon” yo‘lovchi poyezdi changligidan norozilik bildirildi

Holat bo‘yicha vagon kuzatuvchilari va xodimlarga tushuntirish berildi.

'“Andijon — Qo‘qon” yo‘lovchi poyezdi changligidan norozilik bildirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon — Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi vagon o‘rindiqlar chang va unga o‘tirib bo‘lmasligi haqida xabar tarqaldi.

Holatga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati izoh berdi.

2024 yil avgust oyida murojaat qilgan fuqaro bir necha yildan beri “Qo‘qon — Andijon” yo‘nalishidagi  6312/6313-sonli poyezdida ishga qatnashini va 24239-sonli vagon o‘rindiqlari chang, yo‘lovchi o‘tirgisi kelmaydi deb murojaat qilgan.

Ushbu shaharlararo qatnovchi Andijon va Qo‘qon 6312/6313-sonli poyezdlarda har kuni Andijon va Qo‘qon vokzalida kunlik tozalov ishlari olib boriladi, yo‘l davomida vagon kuzatuvchilari tamonidan tozalov ishlarini bajaradi.

Ushbu holat bo‘yicha vagon kuzatuvchilariga hamda “Andijon vagonlarni reysga tayyorlash filiali xodimlariga qo‘shimcha yo‘l-yo‘riqlar berildi va tushuntirish ishlari olib borildi.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar