AsosiyJamiyat

Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi

Davlat rahbari “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 50 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

'Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

Prezident “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 50 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun bir guruh tibbiyot xodimlari mukofotlandi.

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni bilan

  • Ismailov Saydimurad Ibragimovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

II darajali "Salomatlik" ordeni bilan

  • Gulamov Olimjon Mirzaxitovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining torakoabdominal onkoxirurgiya bo‘limi mudiri
  • Madgaziyev Oleg Raxmatovich - Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining torakoabdominal xirurgiya bo‘limi shifokori
  • Xaybullina Zarina Ruslanovna - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining klinik biokimyo va mikrobiologiya bo‘limi mudiri
  • Xaydarov Alisher Erkinovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kardioanesteziologiya, kardioreanimatsiya va sun’iy qon aylanish bo‘limi mudiri
  • Yarbekov Rustam Raimkulovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik kasalliklari va uning asoratlari xirurgiyasi bo‘limi mudiri, kardiojarrohi

"Do‘stlik" ordeni bilan

  • Rustamova Frangis Kamranovna - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining maslahat poliklinikasi bo‘limi kichik tibbiy xodimi
  • Shuvayeva Olga Vladimirovna - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tibbiyot arxivi mudiri

"Sog‘lom turmush" medali bilan

  • Djurayeva Nigora Muxsumovna - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining magnit rezonans va kompyuter tomografiyasi bo‘limi mudiri
  • Kadirov Marat Jalgasovich - U.Xalmuratov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi shifokori

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.