AsosiyDunyo

Shveytsariya endi dunyoning eng qimmat mamlakati emas

Islandiya yashash qiymati bo‘yicha dunyodagi eng qimmat mamlakatga aylandi. Bu haqda “Iceland Monitor” nashri xabar berdi.

'Shveytsariya endi dunyoning eng qimmat mamlakati emas'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, Viska kompaniyasi tahlilchilari o'tkazgan tadqiqotga ko'ra, Islandiyadagi narxlar Yevropa davlatlaridagi o'rtacha ko'rsatkichdan 84 foizga yuqori bo'lgan. Shu tariqa mamlakat bu borada Shveytsariyani ortda qoldirgan.

Tadqiqot mualliflari so'nggi 30 yil davomida Islandiya va Yevropa davlatlari o'rtasidagi o'rtacha narx farqi 42 foizni tashkil etganini, hozir esa bu ko'rsatkich qariyb ikki baravarga oshganini qayd etgan.

Ayniqsa, oziq-ovqat va go'sht mahsulotlari narxi qo'shni Shimoliy Yevropa davlatlariga nisbatan ancha yuqori. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari o'rtacha 44 foizga, go'sht mahsulotlari esa 71 foizga qimmatroq ekani aytilmoqda. Avtomobillar ham qo'shni davlatlarga qaraganda taxminan 40 foiz qimmat sotilmoqda.

Ekspertlar fikricha, bunday qimmatchilikka yuqori import bojlari va bozorda raqobatning pastligi sabab bo'lmoqda. Shuningdek, mamlakatda inflyatsiya Yevropa iqtisodiy hududidagi davlatlarga nisbatan ikki baravar tez o'smoqda.

Tahlilchilar inflyatsiya nazoratga olinmasa, mamlakatda xarid qobiliyati pasayishi, milliy valyuta qadrsizlanishi va eksport ko'rsatkichlari yomonlashishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Ma'lumot uchun, eng arzon non sotiladigan davlatlar qatorida O'zbekiston ham qayd etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ebola sabab Kanadaga kirish taqiqlanmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:25

    Ebola sabab Kanadaga kirish taqiqlanmoqda

    So'nggi uch haftada Ebola xavfi yuqori davlatlarda bo'lgan shaxslar 21 kun karantinda bo'lishi kerak.

    'Isroil G‘azoda “Hamas” harbiy qanotining yangi rahbarini yo‘q qilganini bildirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:59

    Isroil G‘azoda “Hamas” harbiy qanotining yangi rahbarini yo‘q qilganini bildirdi

    Isroil armiyasi G‘azo sektori shimoliga uyushtirilgan havo hujumi natijasida “Hamas”ning harbiy qanotiga yaqinda rahbar etib tayinlangan Muhammad Odeh o‘ldirilganini ma’lum qildi.

    'O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilayotgani ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2026 16:24

    O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilayotgani ma’lum bo‘ldi

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning birinchi choragida Oʻzbekiston 5,8 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan.

    'Nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni keskin ortmoqda'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2026 10:18

    Nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni keskin ortmoqda

    Bu holat demografik o‘zgarishlar, nikohlar sonining kamayishi va aholining qarishi bilan bog‘liq.

    'Qozog‘istonda samolyot halokatga uchradi'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2026 09:11

    'Rossiya Armanistonni gaz va neftsiz qoldirish bilan ogohlantirdi'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2026 06:57

    Rossiya Armanistonni gaz va neftsiz qoldirish bilan ogohlantirdi

    Moskva Yerevanning Yevropa Ittifoqiga yaqinlashuvidan norozi.