AsosiyJamiyat

Prezident Imom Buxoriy majmuasiga bordi

Imom Buxoriy ruhi poklariga hurmat-ehtirom bazo keltirildi.

'Prezident Imom Buxoriy majmuasiga bordi'ning rasmi

19 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Payariq tumanida qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi.

Ziyoratgohning qoq markazida buyuk hadisshunis bobomizning tabarruk maqbarasi o‘rin olgan.

Davlatimiz rahbari maqbarani ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.

– Muborak Ramazon hayiti arafasida buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlarining ruhi poklariga yana bir bor hurmat-ehtirom bajo keltirmoqdamiz. Buxoriy bobomiz Qur’oni karimdan keyingi eng mo‘tabar manba bo‘lgan hadislar kitobini yaratib, butun islom olamida shuhrat qozongan ulug‘ siymodir. Muqaddas zaminimiz dunyoga mana shunday mashhur allomani bergani bilan har qancha faxrlansak, arziydi.

El-yurtimizning fidokorona mehnati bilan bugun orzu-niyatlarimiz ro‘yobga chiqdi. Bu betakror ziyoratgohni Imom Buxoriy bobomizning olamshumul mavqeiga, yuqsaq maqomiga munosib darajada bunyod etishga muyassar bo‘ldik. Mana shunday tabarruk maskan barchamizga muborak bo‘lsin, – dedi davlatimiz rahbari.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:28

    'Toshkentda 33,5 mlrd so‘mlik noqonuniy mahsulotlar aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:17

    Toshkentda 33,5 mlrd so‘mlik noqonuniy mahsulotlar aniqlandi

    Chetdan mamlakatga noqonuniy olib kirilgan katta miqdordagi mahsulotlar fosh etildi.

    'Toshkentda isitish mavsumi qachon tugaydi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:28

    Toshkentda isitish mavsumi qachon tugaydi?

    Bayram kunlarida issiqlik ta’minoti saqlab qolinishi ma’lum qilindi.

    'Yaponiyalik olimlar saratonning yangi turini aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:27

    Yaponiyalik olimlar saratonning yangi turini aniqlandi

    Yaponiya olimlari o‘smirlar va yoshi kattalarda uchraydigan, standart tahllilarda aniqlanishi qiyin bo‘lgan yangi qon saratoni turini kashf qildi.

    'Ҳайит намози вақтлари эълон қилинди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:59

    Ҳайит намози вақтлари эълон қилинди

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2026 yil Ramazon hayiti (Iydul Firt) 20 mart, juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.

    'Imom Moturidiy majmuasi yangi qiyofaga kirmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:36

    Imom Moturidiy majmuasi yangi qiyofaga kirmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi davomida Imom Moturidiy yodgorlik majmuasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.