Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi ikki MChJ ijara olgan omborlar ko‘zdan kechirildi.
Natijada boshqa tovarlar niqobi ostida olib kirilgan, aktsiz markasi bo‘lmagan jami 29 turdagi 1 million 963 mingdan ortiq quti tamaki mahsulotlari, shuningdek 807 kilogramm oziq-ovqat mahsulotlari aniqlandi, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ushbu mahsulotlarning umumiy qiymati 33,5 milliard so‘mni tashkil etadi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmogda.






