AsosiySalomatlik

Saratonni yangi usulda davolash yo‘li topildi

Davolash texnologiyasi immunoterapiya muolajalari bilan birgalikda yuqori samara berishi aytilmoqda.

'Saratonni yangi usulda davolash yo‘li topildi'ning rasmi

Shvetsiyalik olimlar saraton hujayralarini qayta dasturlash usulini ishlab chiqdi. Shu asnoda xavfli hujayralarni onkologik o‘smalar atrofidagi himoya to‘sig‘ini buzishga qodir bo‘lgan cDC1 turiga mansub maxsus immun hujayralariga aylantirish usuli kashf qilindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Tadqiqotchilar organizmdagi kasallik o‘chog‘iga PU.1, IRF8 va BATF3 deb nomlangan uchta oqsilni yetkazishda adenoviruslardan foydalandi. 

Shu asnoda qayta dasturlashtirilgan hujayralar zararli xususiyatlarini yo‘qotish barobarida, immunitet tizimidagi T-limfotsitlarni faollashtirish orqali o‘simta bilan jadal kurasha boshladi.

Ma’lumki, saratonning ko‘plab turlari immun tizimi ishlashiga halaqit beruvchi himoya mexanizmlarini hosil qilish xususiyatiga ega. Shved olimlari taklif etayotgan usul ana shu to‘siqlarni ichkaridan bartaraf etib, o‘simta hujayralarini o‘z-o‘zini yo‘q qilish quroliga aylantiradi. 

Mazkur davolash texnologiyasi mavjud immunoterapiya muolajalari bilan birgalikda yuqori samara berishi aytilmoqda. 

 Qayta dasturlashtirilgan hujayralar sichqonlar organizmiga kiritilgach, kemiruvchilarda o‘simta rivojlanishi jarayoni sezilarli darajada sekinlashgani kuzatildi. 

 Yangi usul immunoterapiya bilan birga qo‘llanilgach, o‘simta o‘sishini butunlay to‘xtatishga erishildi. O‘z navbatida, tajriba hayvonlarida neoplazmalarning qaytalanishiga qarshi uzoq muddatli immunitet hosil bo‘ldi.

Inson hujayralarida o‘tkazilgan tajribalar ham yangi davolash texnologiyasining samaradorligini tasdiqladi. Endi bu xulosa klinik sinovlarda ham o‘z tasdig‘ini topishi kerak. Mazkur tadqiqot natijalari AQSHning “Science” ilmiy jurnalida chop etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bolalarda bo‘y o‘smasligiga qanday omillar sabab bo‘ladi?'ning rasmi

    Salomatlik 20.12.2024 22:32

    Bolalarda bo‘y o‘smasligiga qanday omillar sabab bo‘ladi?

    Laron sindromi — kam uchraydigan genetik kasallik. Bunda o‘sish gormoni retseptor-oqsilining tuzilishi buzilgan bo‘ladi.

    'Kimlar dorilarni bepul olishi mumkin?'ning rasmi

    Salomatlik 20.12.2024 20:23

    Kimlar dorilarni bepul olishi mumkin?

    Surunkali kasalliklarga chalingan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar oilaviy shifokor elektron retsepti asosida bepul dori vositalarini olish huquqiga ega.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 17.12.2024 18:41

    'Bolalarda xavfli o‘sma kasalliklar rivojlanayotganini qanday bilish mumkin?'ning rasmi

    Salomatlik 11.12.2024 17:56

    Bolalarda xavfli o‘sma kasalliklar rivojlanayotganini qanday bilish mumkin?

    So‘nggi paytlarda global iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat va ichimlik suvi tarkibida sun’iy qo‘shimchalarning ko‘payishi hamda yashash hududlarida kanserogen moddalarning tarqalishi tufayli bu kasallik nafaqat katta yoshli insonlar, balki bolalar orasida ham ko‘p uchramoqda.

    'JSST tuberkulyozni tezkor aniqlashga mo‘ljallangan yangi diagnostika usulini tasdiqladi'ning rasmi

    Salomatlik 09.12.2024 12:31

    JSST tuberkulyozni tezkor aniqlashga mo‘ljallangan yangi diagnostika usulini tasdiqladi

    Tibbiy test natijalari bir necha soat ichida ma’lum bo‘ladi.

    'Yer yuzi aholisining qariyb yarmi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda'ning rasmi

    Salomatlik 28.11.2024 13:29

    Yer yuzi aholisining qariyb yarmi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalari — yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning eng keng tarqalgan turlaridan.