BBC nashrining bildirishicha, Kaliforniyalik Oliver Chu dunyoda birinchi bo‘lib Xanter sindromi (MPSII) deb ataladigan nodir irsiy kasallikka qarshi maxsus gen terapiyasini qabul qildi. Bu hastlik odatda bolaning organizmi va miyasida qaytarmas o‘zgarishlarga olib keladi, og‘ir hollarda esa bemorlar 20 yoshga yetmay hayotdan ko‘z yumadi.
Oliverdagi gen nuqsoni tufayli u hujayralarni sog‘lom saqlash uchun zarur fermentni ishlab chiqara olmas edi. Manchester shahridagi mutaxassislar uning hujayralarini gen terapiyasi orqali o‘zgartirib, kasallikning rivojlanishini to‘xtatishga harakat qildi.
Tajribaga rahbarlik qilgan professor Saymon Jouns BBCga: “20 yildan beri shunday natijani kutib kelganman. Oliverning bu darajada yaxshi rivojlanishi — haqiqiy quvonch,”— deya fikr bildirdi.
Bir yil davolanishdan so‘ng, Oliver hozir normal rivojlanaotganidan shifokorlar va ota-onasi juda mamnun. Onasi Jingru esa: “Bu haqda gapirsak, ko‘zimga yosh keladi. Bu haqiqiy mo‘jiza,” — dedi.
Oliver — bu terapiyani qabul qilgan dunyodagi birinchi besh boladan biri. Mutaxassislar uning natijalari kelgusida shunday diagnoz qo‘yilgan minglab bolalar uchun umid eshigini ochishi mumkinligini ta’kidlamoqda.






