AsosiyJamiyat

Qibrayda harakatlanib ketayotgan "Jiguli" yonib ketdi

Haydovchi avtomobildan tushib qolgan.

'Qibrayda harakatlanib ketayotgan "Jiguli" yonib ketdi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Qibray tumanida "Jiguli" rusumli avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Voqea joriy yilning 30 sentyabr kuni soat 20:20 larda Toshkent viloyati Qibray tumani Mehnat MFY hududida sodir bo‘lgan.

1990 yilda tug‘ilgan haydovchi  M.F. boshqaruvidagi “Vaz 2106” rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan. 

Yong‘in natijasida avtomobil to‘liq yonib ketgan. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. (Harakat vaqtida avtomobilda yo‘lovchilar bo‘lmagan)

Ushbu yong‘in natijasida hech qaysi harakat ishtirokchisi sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.

Hozirda holat yuzasidan Qibray tumani FVB YOXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar