AsosiyJamiyat

Toshkentda 9 yoshli bola o‘limi ortidan ikki shifokor qamaldi

Toshkentdagi xususiy klinikada burun operatsiyasi paytida vafot etgan 9 yoshli bola ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi.

'Toshkentda 9 yoshli bola o‘limi ortidan ikki shifokor qamaldi'ning rasmi

Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yil 25 avgust kuni "Paeonnis" xususiy klinikasida bolaning burnida aniqlangan adenoidni jarrohlik yo‘li bilan olish vaqtida u vafot etgan. Ish bo‘yicha 12 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudida hukm o‘qildi.

Sud qaroriga ko‘ra, klinikada ishlagan anesteziolog-reanimatolog va LOR shifokor Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (kasb vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan aybdor deb topildi. Ularga 4 yil ozodlikdan mahrum qilish hamda 3 yil davomida jarrohlik amaliyotlarida ishtirok etish huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Hukmga muvofiq, jazo manzil koloniyasida o‘talanadi. Sudlanuvchilarga nisbatan qo‘llangan uy qamog‘i bekor qilinib, ular sud zalidan qamoqqa olingan.

    Boshqa yangiliklar