Yig‘ilishda mamlakatda har 10 ming aholiga o‘rtacha 319 ta murojaat to‘g‘ri kelayotgani, ayrim hududlarda bu ko‘rsatkich ancha yuqori ekani qayd etildi. Davlat rahbari murojaatlarga faqat javob berish emas, balki muammolarning kelib chiqish sabablarini aniklab, tizimli hal qilish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, Xalq qabulxonalari faqat ariza qabul qiluvchi idora emas, balki hududlardagi muammolarni tahli qiladigan markazga aylantirilishi belgilandi. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Prezident virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha davlat idoralari reytingi esa har 6 oyda e’lon qilinadi.






