AsosiyJamiyat

Toshkent va Farg‘onada narkojinoyatlar fosh qilindi

Ikki viloyatdan 4 kishi ushlanib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

'Toshkent va Farg‘onada narkojinoyatlar fosh qilindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Tojikiston Respublikasidan Sirdaryo daryosi orqali mamlakati-miz hududiga davlat chegarasini buzgan holda suzib o‘tgan – Bekobod shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olinib, uning yonida bo‘lgan 5 kg 31 gr "gashish" moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Boshqa holatda esa DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va bojxona idoralari hamkorligida poytaxtda faoliyat yurituvchi xususiy tibbiy klinikalardan birining xonasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, mazkur shifoxonada davolanayotgan 1970 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli 1 kg 367 gr "gashish" moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi, 1998 yilda tug‘ilgan shaxs muqaddam o‘zining jinoyiy sherigi tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan 1 kg 21 gr "gashish" moddasini olgan vaqtida uslandi.

Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 2 gr "opiy" moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, uning jinoyiy sherigi hisoblangan – Farg‘ona shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro ham qo‘lga olindi.

Navbatdagi holatda esa oldindan kuzatuvga olingan Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining "Neksiya" rusumli avtomashinasida Marg‘ilon shahri hududida harakatlanib ketayotib autovoldan 996 gr "gashish" moddasini uloqtirib, voqea joyidan qochishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan uslandi.

Hozirda qonunbuzarlarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:09

    'Namanganda megafondan foydalangan haydovchi 1,5 yilga "pravasi"dan mahrum etildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:29

    Namanganda megafondan foydalangan haydovchi 1,5 yilga "pravasi"dan mahrum etildi.

    Маълум бўлишича, Chevrolet Malibu русумли автомашинани бошқариб кетаётган ҳайдовчи мегафон орқали бошқа ҳайдовчилардан йўлни бўшатишни талаб қилган. У мазкур ҳаракатларини видеога олиб, ижтимоий тармоқларда ҳам тарқатган.

    'Hindistonda YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:13

    Hindistonda YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

    Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, hodisa shaxsiy transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan.

    'Bugun harorat 15 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:18

    Bugun harorat 15 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zgidromet 14 mart kungi ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

    'Fargʻonada umraga noqonuniy joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 13.03.2026 17:10

    Fargʻonada umraga noqonuniy joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

    Fuqarolarni turfirma orqali Umra ziyoratiga yuborishni va'da qilib, pul olmoqchi bo'lgan.

    'Toshkentda 9 yoshli bola o‘limi ortidan ikki shifokor qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 13.03.2026 16:50

    Toshkentda 9 yoshli bola o‘limi ortidan ikki shifokor qamaldi

    Toshkentdagi xususiy klinikada burun operatsiyasi paytida vafot etgan 9 yoshli bola ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi.