AsosiyDunyo

Turkiyada deportatsiya qilingan o‘zbekistonlik ayollarni ushlab turish markazi o‘zgardi

Reyd tadbirlarida qo‘lga olinayotgan o‘zbekistonlik fuqarolar Chatalja deportatsiya markazida ushlab turayotgan edi.

'Turkiyada deportatsiya qilingan o‘zbekistonlik ayollarni ushlab turish markazi o‘zgardi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xodimlari Tuzla deportatsiya markaziga tashrif buyurib, vatandoshlarimiz bilan uchrashdilar. Bu haqda Bosh konsulxona xabar qildi.

Istanbul shahrida kuchaytirilgan reyd tadbirlari doirasida qo‘lga olinayotgan O‘zbekistonlik fuqarolarni Turkiyadan vatanga yuborish borasida avvallari Chatalja deportatsiya markazida ushlab turayotgan edi. Endilikda ayol fuqarolarimiz Tuzla deportatsiya markaziga o‘tkazildi.

Tashrif mobaynida diplomatlar mutasaddi xodimlar bilan hamda bir nechta fuqarolarimiz bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazdilar. 

Konsulxona tomonidan Vatanimizga qaytayotgan vatandoshlarimizga tegishli yordam ko‘rsatish bilan birga sud jarayoni va boshqa sabablar tufayli uzoq muddatdan beri deportatsiya markazlarida qolayotgan xotin qizlar bilan ham suhbatlashildi.

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi vatandoshlarimizdan mahalliy qoidalarga rioya qilishni tavsiya etib qoladi.

    Boshqa yangiliklar