AsosiyJamiyat

Pisketdagi ko‘prik nega qulab tushgani ma’lum qilindi

Yuk mashinasi ko‘prikdan 106 tonna yuk bilan o‘tmoqchi bo‘lgan.

'Pisketdagi ko‘prik nega qulab tushgani ma’lum qilindi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, Toshkent viloyati Piskent tumanida 2024 yil 2 oktyabr kuni kech soat 20.00 atrofida umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R19 “To‘ytepa sh. (4R2 avtoyo‘li 35 km) - Piskent sh. - A373 avtoyo‘li”ning 14-km qismidagi temir-beton ko‘prikda og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositasi me’yordan ortiq yuk bilan harakatlanishi natijasida ko‘prikning o‘ng tomonlama harakat tasmasidagi oraliq temir-beton qurilmalari (balkalari) va tayanch (svai) qismlari ushbu yuklamaga bardosh berolmasdan sinib, buzilib, mazkur avtotransport vositasi bilan birgalikda “Toshkanal” kanaliga tushib ketgan.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xabariga ko‘ra,  “HOWO” rusumli, davlat raqam belgisi 80 S 219 RA bo‘lgan og‘ir vaznli yuk transport vositasining texnik pasportiga muvofiq yuksiz vazni 26,8 tn va to‘la vazni 40,0 tn tashkil etadi.

 Yuk mashinasining hujjatlari o‘rganilganda va ko‘zdan kechirilganda, transport vositasiga qum mahsuloti yuklanganligi va yuk xatiga asosan qumning xajmi 50m3 (50m3 x 1,6 o‘tish koyeffitsiyenti=80 tonna) ni tashkil etadi. Transport vositasining yuksiz vazni 26,8 tn, ustiga yuklangan qumning og‘irligi 80 tn birgalikda 106,8 tn.ni tashkil etmoqda.

 Ko‘prikda og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakatini ta’qiqlovchi va 8 tn gacha yuk bilan harakatlanish mumkin ekanligini ko‘rsatuvchi yo‘l belgilari o‘rnatilganligiga qaramasdan, haydovchi tomonidan ushbu cheklovlarga amalga qilmagan holda avtotransport vositasini boshqargan va buning oqibatida ushbu favqulodda holatni yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar