AsosiySport

Osiyo Olimpiya kengashi direktori Olimpiya shaharchasidagi qurilishlar bilan tanishdi

Yangi Toshkentda qad rostlayotgan ushbu shaharchada "Toshkent-2025" IV yoshlar Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi.

'Osiyo Olimpiya kengashi direktori Olimpiya shaharchasidagi qurilishlar bilan tanishdi'ning rasmi

Shu munosabat bilan Osiyo Olimpiya kengashi Bosh direktori, Butunjahon suv sporti turlari federatsiyasi (World aquatics) prezidenti Husayn Al Musallam poytaxtga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

U Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik bilan batafsil tanishib chiqqan.

Xususan, kunning birinchi yarmida poytaxtimizda barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasida bo‘lib, qurilish ishlarining bugungi holatini o‘rgandi. Unga MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda qurilish ishlariga mas’ul Xitoyning “CAMC engineering” kompaniyasi vakillari hamrohlik qilishdi. 

Shundan so‘ng O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida tashkiliy ishlar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazilgan. Yig‘ilishda Toshkent-2025 direksiyasi xodimlari O‘yinlarga tayyorgarlik yuzasidan taqdimotni namoyish qilishdi.

Unda olib borilayotgan katta hajmdagi hozirlik, O‘yinlar dasturiga kiritiladigan sport turlari va ular o‘tkaziladigan obyektlar, delegatsiyalarning tahminiy soni, transport-logistika masalasi va shu kabi tashkiliy mavzular haqida atroflicha ma’lumot berildi.

O‘z o‘rnida, Husayn Al Musallam taqdimot yuzasidan fikr bildirar ekan, anti-doping, viza va aviaqatnovlar to‘g‘risida ham to‘xtalib, ushbu yo‘nalishlarni ham batafsil o‘rganish kerakligi yuzasidan fikr bildirdi.

Uchrashuv yakunida martabali mehmon O‘yinlarga tayyorgarlik bo‘yicha o‘zining iliq fikrlarini bildirdi. Hususan, barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi mamlakatimizning xalqaro maydondagi imkoniyatlarini yana bir karra namoyon etishini qo‘shimcha qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonlik sportchi BRICS xalqaro sport markazida vitse-prezident bo‘ldi'ning rasmi

    Sport 18.07.2025 16:42

    O‘zbekistonlik sportchi BRICS xalqaro sport markazida vitse-prezident bo‘ldi

    Ilk bor mazkur sport turi BRICS kabi yirik xalqaro maydonda ishtirok etishi kutilmoqda.

    ''ning rasmi

    Sport 11.07.2025 17:28

    'Ulug‘bek Rashitov nega diskvalifikatsiya qilindi?'ning rasmi

    Sport 11.07.2025 10:40

    Ulug‘bek Rashitov nega diskvalifikatsiya qilindi?

    Rashitovning musobaqalardan chetlashtirilish muddati 2025 yil 13 maydan 2027 yil 12 maygacha etib belgilandi.

    'Shomurodov "Roma" dan nega ketdi?'ning rasmi

    Sport 11.07.2025 08:45

    Shomurodov "Roma" dan nega ketdi?

    Turkiya klubi Shomurodovni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.

    'O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo kubogi yo‘llanmasiga erishdi'ning rasmi

    Sport 07.07.2025 11:12

    O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo kubogi yo‘llanmasiga erishdi

    Osiyo kubogi saralashining so‘nggi bosqichi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

    ''ning rasmi

    Sport 06.07.2025 10:34