AsosiyJamiyat

Barcha chiqindi to‘plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatiladi — Prezident farmoni

Shuningdek, chiqindilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi barcha maxsus texnikalarga onlayn kuzatuv (GPS) tizimi o‘rnatiladi.

'Barcha chiqindi to‘plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatiladi — Prezident farmoni'ning rasmi

“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta’minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-149-son, 26.09.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan hududlarda chiqindilar bilan ishlash darajasini oshirish hamda bu borada ochiqlikni ta’minlash, jamoatchilikning rolini oshirish, tadbirkorlar va aholi o‘rtasida qayta aloqani to‘liq yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi quyidagilar amalga oshiriladi:

chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlarni tadbirkorlarga berish yuzasidan o‘tkaziladigan tender jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish;

sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi to‘plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va shoxobchalar faoliyatini aholi tomonidan kuzatish imkoniyatini yaratish;

chiqindilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi barcha maxsus texnikalarga onlayn kuzatuv (GPS) tizimini o‘rnatish;

sanitar tozalash korxonalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lami bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilish hamda sanitar tozalash korxonalari bilan qayta aloqa qilish uchun “Call markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

sanitar tozalash korxonalari xizmat ko‘rsatuvchi hududlarning geografik chegarasi hamda aholi va yuridik shaxslarga biriktirilgan chiqindilarni yig‘ish maydonchalari (konteyner) joylashuvi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar berish;

abonentlarning hosil bo‘lgan chiqindilarini olib chiqib ketish grafigini ko‘rsatish.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yana bir xonanda jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 20:17

    Yana bir xonanda jarimaga tortildi

    Avtomobilini 197 km/soat tezlikda haydab, uni ijtimoiy tarmoqqa joylagan xonanda Osman Navruzovga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.

    'Ikki oy ichida xorijdan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 18:50

    Ikki oy ichida xorijdan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarni joylashtirish va ularni oilalariga yoki yaqin qarindoshlariga qaytarish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilgan.

    'Toshkent mozaikalari ikkita nufuzli xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 17:42

    Toshkent mozaikalari ikkita nufuzli xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

    Toshkent mozaikalarini reklama bannerlaridan ozod qilish bo‘yicha loyiha ikki xalqaro reklama festivalida g‘olib chiqdi.

    'O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 17:37

    O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi

    Dam olish kunlari qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatiladi.

    'Dollarning rasmiy kursi oshdi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 16:01

    Dollarning rasmiy kursi oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Toshkentning ikkita tarixiy mahallasida art-rezidensiyalar ochildi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 15:48

    Toshkentning ikkita tarixiy mahallasida art-rezidensiyalar ochildi

    Loyiha O‘zbekistonning barcha hududlari hamda boshqa mamlakatlarning ijodkor va hunarmandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.