AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus va 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

'Toshkentda avtobus va 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi'ning rasmi

Kecha, 07 oktyabr kuni soat 22:10 larda Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida 5 ta mashina ishtirokida YTH soo‘ir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar qildi. Unga ko‘ra: 

haydovchi 2000 yilda tug‘ilgan I.I. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomashinasi; 

haydovchi (ayol) 1990 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasi;

haydovchi 1984 yilda tug‘ilgan J.B.  boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositasi;

haydovchi 1994 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasi;

haydovchi 1976 yilda tug‘ilgan X.H. boshqaruvidagi Yutong rusumli transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar