1

Mavzuga qaytib: juvonga oshiq yigitlar

SUG'DIYONA 02.12.2016, 16:43
Teglar: Ayol, Erkak, Er-xotin, SUGDIYONA
Mavzuga qaytib: juvonga oshiq yigitlar

Oxirgi paytlarda o`ttiz yoshgacha bo`lgan yigitlar o`zidan sakkiz, o`n va hatto, o`n besh yosh katta ayollar bilan turmush qurishayotgani kuzatilayapti. Yigitlarni alfonsga, ayollarni esa engiltabiatga chiqarishdan avval bu tanlovning motivlari bilan tanishsak, ehtimol, unchalik ko`ngilli bo`lmagan ittifoqning oldini olarmiz.

 

1-sabab: Ona e`tiborining kamligi

Ayol kishi o`ttiz yoshdan keyin shakllanadi, to`laqonli ona bo`la oladi. Chunki reproduktiv yosh bu hali ona degani emas. Ayol ayni shu davrda onalik mehrini his qiladi va uni ifodalay biladi. Demak, u o`n yil avvalgidan-da mehribonroq.

Qaysidir sabablarga ko`ra, onaning mehri, e`tiboriga to`ymagan yoki haddan tashqari erkalatib yuborilgani sababli ulg`ayishni istamagan ba`zi yigitlar qalbidagi bo`shliqni to`ldirish ilinjida atrofdan najot izlashadi. O`zi tengi qizlar hali osmonda, o`z husni, orzu-havaslari bilan ovora. Yigitga esa e`tibor, mehr kerak. Ana shu paytda yoshi katta juvon unga ideal ayoldek tuyuladi.

 

2-sabab: Moliyaviy muamolar

O`ttizdan oshgan ayol hayotiy tajribaga va ma`lum bir darajada jamiyatda o`z o`rniga ega. Yosh yigitcha esa hali moliyaviy jihatdan barqaror emas, ehtimol o`qishni ham tamomlamagan, tayinli bir kasbi ham bo`lmasligi mumkin. Tengdosh qizlarning hammasi ham yigitning moddiy qiyinchiliklarini tushunishmaydi. Yoshi kattaroq ayol esa uni nafaqat tushunadi, qo`llab-quvatlaydi, hatto ayrim vaziyatlarda ta`minlaydi ham.

 

3-sabab: Ulg`ayishni istamaslik

Juvon yoshgina qizga nisbatan yaxshiroq beka bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, juda g`amxo`r ham. Ayrim yigitlar o`zlariga boladek g`amxo`rlik qilishlarini sevishadi. Bu toifa erkaklar bir umr bola bo`lib qolishni ma`qul ko`rishadi. Ayol esa yigitning ko`ngliga yoqqan ovqatni tayyorlashi, kasal bo`lsa, parvarishlashi, kiyim-boshlari sarishta tutishi, hattoki, qanday kiyinishni o`rgatishi mumkin.  

 

4-sabab: Ayolning yoshiga nisbatan yosh ko`rinishi

Odatda ayollar o`z sog`liqlari va tashqi ko`rinishlari haqida erkaklarga nisbatan ko`proq qayg`urishadi. Bugun fan va texnika yutuqlari, plastik jarrohlik muolajalari, kosmetologiya, fitness kabi imkoniyatlardan  unumli foydalanish hisobiga juvonlar bundan 20 yil avvalgi tengdoshlariga nisbatan ancha yosh ko`rinishmoqda. Ayrim holatlarda, hatto, yosh o`tgan sari go`zallashishmoqda. Erkak kishi esa ko`zi bilan sevadi. Qolaversa, ayol kishidan yosh so`rab bo`lmaydi. Shuning uchun ham ko`ngil qo`ygan ayoli uni ko`nglidagidek bo`lsa, biologik yoshning ahamiyati bilan qiziqishmaydi.

 

5-sabab: Tajriba to`plash

Erkak zoti hech qachon biror maqsadsiz harakat qilmaydi. Yosh yigitlarni juvonlarning faqat go`zaligi uchun emas, balki o`zini tutib olgani, ehtimol puli, balki mavqei yoki munosabatlarda undan tajribaliroq ekaniligi qiziqtirayotgan bo`lishi mumkin. U o`z o`rnini topguncha, tajriba to`plaguncha, ayoldan pilappoya sifatida foydalanadi, xolos.

6-sabab: Muammolarni hal qila olmaslik

Yoshi kattalarga intiladigan yigitchalarning muammolari bo`ladi. Ayol esa ularni hal qilishi, bartaraf etishi uchungina kerak.

 

7-sabab: Qarishdan qo`rqish

Go`yoki yosh yigit yonida ayol ham yosh ko`rinadigandek. Yoshligi va go`zalligini yosh yigit belgilaydi, deb hisoblashlari. Ammo yoshlik va go`zallik qalbda bo`ladi, shuni unutib qo`ymang!

 

8-sabab: Xomxayollar

Ayrim juvonlar yosh yigitni istaganidek tarbiyalash, va keyinchalik o`zlari istagandek erkakka aylantirib, u bilan umrguzaronlik qilish mumkin deb o`ylashadi. Ammo odatda bu yigitlar katta yoshli ayol hisobiga betashvish bolaliklarini uzaytirish istagida bo`lishadi, mas`uliyatni his qilishmaydi, muammolarni hal etishmaydi. Katta bo`lishini kutib, ayolning sochi oqarishi hech gap emas.

 

Oqibatlar-chi?

Munosabatlar boshida uyg`un boshlangani holda asta-sekin misi chiqa boshlashi mumkin. Chunki bu toifa erkaklardan sadoqatli er va yaxshi ota chiqishi juda mushkul.

Yigitlar, bu munosabatlarning umri qisqa! Іar bir inson yutuqlarga erishishni, o`sishni istaydi. Afsuski, juvon rivojlanishni sekinlashtiradi. Chunki ayrim sabablarga ko`ra, uni aynan yoshgina yigitcha qiziqtiradi, o`zini tutib olgan erkak emas. Shuning uchun bu yigitni ulg`ayishi juvonning zarariga ishlaydi, uning o`ziga ishonchi paydo bo`lishidan, omadi kulib boqishidan qo`rqishadi. Yana unutmang, erkakning ishi yurishishi ko`p jihatdan ayolga bog`liq. Shiringina oilasi, xotirjam xonadoni uchun ter to`kib topganini o`z joyida sarflanayotganini ko`rish kuchli jins vakillarini olg`a undaydi.

Oila insonni yanada kuchliroq, omadliroq, baxtliroq qilishi kerak! Juvon bilan bog`liq o`tmishingiz esa  kelajagingizga soya solishi mumkin. «Muhabbat»ingizni atrofingizdagilar oqlamasligi, tushunmasligi va qo`llamasligi aniq.

 

Shahnoza XALILOVA, ruhshunos

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1