1

«Yigitimni sobiq sevgilisi tinch qo`ymayapti...»

SUG'DIYONA 03.12.2016, 12:23
Teglar: Muhabbat, Ayol, Oila, Baxt
«Yigitimni sobiq sevgilisi tinch qo`ymayapti...»

Sevgi fazosida parvoz qilayotgan qizlarning hammasi ham ming afsuski muhabbatning uchburchagidan himoyalanmagan. Ba`zida ko`ngil qo`yganining boshqa qiz bilan ham munosabatlari borligini bilsa-da, yuraklariga buyruq bera olishmaydi. Axir buni ishq deydilar! Ammo sevgi qissasidagi uchinchi qahramonga ko`z yumib ketishning iloji yo`q! Bugun «kundaligi»mizda sevganining sobiq muhabbatlari bilan to`qnashgan qizlarga maslahat berishga harakat qilamiz.

 

Birinchi murojaat: «Usiz yasholmayman!»

— Uch oydan keyin to`yim bo`lishi kerak edi. Bo`lajak kuyov bilan bir-birimizga ko`ngil qo`yib unashtirilganmiz. U orzumdagi shahzoda edi. Biroq yaqinda sobiq muhabbati turmushidan ajrashdi-yu, sevgimga soya soldi. Yigitimning «Tezroq to`yimiz bo`lsa edi, so`ng uni ham xotinlikka olardim», degan gapidan dunyo ko`zimga tor ko`rinib ketdi. Yashagim kelmayapti, usiz hayotimning bir daqiqasini ham tasavvur qilolmayman...

S. Denov tumani

 

Tahlil. Muhabbatinson hayotiga mazmun bag`ishlaydigan, uni orzulantiradigan, yurakni yuksaltiradigan tuyg`u. Shu sabab ham bu tuyg`uning yakson bo`lishidan qo`rqamiz, qalbimiz tubida asraymiz. Biroq yana bir haqiqatni unutmaslik kerak, yoshlikdagi sevgi ko`proq his-tuyg`ularga yo`g`rilgan bo`ladi, uning sayqallanishi, sinovlardan o`tib, kamol topishi uchun yillar talab qilinadi. Sevgiga ayriliq soya solgan paytda «Men uchun hayot tugadi», deb o`ylash esa noto`g`ri.

Tashxis. Tuyhularingiz o`zingizga ayon. Biz bu borada faqat ularni bir tahlil qilib ko`ring, deya olamiz. Yigitingiz esa ikki kemaning boshini tutmoqchi. Hali yosh, katta hayotga qadam qo`ymagan yigitchaning bu tarzdagi taklifi shunchaki uning mas`uliyatsiz va xudbinligidan dalolat beradi. Xo`sh, u aslida kimni yaxshi ko`radi? Sizni ko`proq, uni kamroq sevganidan, birinchi sizga, keyin unga uylanmoqchimi? Axir sevgi kam va ko`p deya darajadalarda o`lchanmaydi-ku! Demak, yo sizni, yo uni sevadi? Yoki ikkingizni ham emas, o`zini yaxshi ko`radi!

Maslahat. Siz hali oila qurmagan qizsiz! Baxtingiz oldinda! Bama`ni va mas`uliyatli inson bilan turmush qurish imkoningiz qo`lingizda. O`zingizni ham, tuyhularingizni ham, sevishga qodir yuragingizni ham andishasiz, beburd bola uchun qurbon qilmang! Hayotingizga mazmun olib kirishga harakat eting. Atrofingizga nazar soling, ota-onangiz, yaqinlaringiz bor, sizni jonidan ortiq sevuvchi!

 

Ikkinchi murojaat: «Meni sevsa ham, undan qochib qutila olmayapti...»

— Yoshim o`n sakkizda. Muhabbat qalbimni zabt etganiga bir yil bo`ldi. Ko`ngil qo`yganim mahallasidagi bir qiz bilan besh yil gaplashib yurgan ekan. Bu haqda eshitib qolib, izoh so`rasam, «Uni sevmayman, unga uylanmayman ham. Men bilan gaplashganini butun mahalla bilgani uchun «Endi kimga turmushga chiqaman? Menga uylaning», deb o`zi yopishib olgan. Shunga mayli, keyingi yil to`y qilamiz, dedim. Hali uyiga sovchi kelib, baxti ochilib ketar», deydi. Bu gapdan bir taskin topsam, bir o`yga cho`maman.

N. Toshkent shahri

 

Tahlil.  Qiz bolaning o`tmishi, yigit kishining esa kelajagi muhim, deyishadi. Biroq kezi kelganida yigitning o`tmishi ham kelajakka soya solishi mumkin. To`hri, yoshlik, sho`xlik qilib,  yigitchilikda ular ko`p bor «sevib» qolishadi. Ammo bu sevgi o`yinlarining qayta-qayta o`ynalishi jiddiy va haqiqiy munosabatlar paydo bo`lishiga to`sqinlik qilishi ham ehtimoldan xoli emas.

Tashxis. Sevganingiz ko`ngli asli kimda, bizga qoronhu. Vaziyatning bizga ma`lum tomoni esa yigitingiz u qizga nisbatan engil munosabatda. O`zini oppoq ko`rsatishga urinayapti va besh yil ahdlashib yurganini aldashda davom etyapti. Bu ayblov va aldovni vaqti kelib, u sizga ham ishlatishi xavfi ham yo`q emas. Shuni unutmang. 

Maslahat. Agar haqiqatda yigitingiz sizni sevsa, «Menga o`zi yopishib olgan», demasdan u qiz bilan munosabatlarga chek qo`ysin, sadoqatini isbotlasin. Unga bosim o`tkazmasdan, vaqt bering. Tuyhulariga, aqliga quloq tutib, bir qarorga keladi va qanaqa bo`lgan taqdirda ham siz uchun yaxshilikka xizmat qiladi.

DUGONANGIZ

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1