AsosiyShou-biznes

Shukurullo ISROILOV: “Saylagan nomzodimiz yurt uchun jonini beradigan inson bo`lishiga ishonaman”

Kuni kecha san`atkor nevarali bo`lgani haqida xabar bergandik. Bugun qiziqchi Shukurullo Isroilov uchun qo`shaloq bayram. Bugungi siyosiy jarayon haqida uning fikrlari bilan qiziqdik.

“4 dekabrni mana bir necha kundan beri orziqib kutyapmiz. Bu kun juda mas`uliyatli kun. Uni Intizorlik bilan kutdik, ertalab oila a`zolarimiz bilan o`z nomzodimizga ovoz berib keldik. Endi xalqimizni chorlayapmiz. Bugun O`zbekistonimizning yangi rahbari aniqlanadi. Yangi rahbarimiz ham Birinchi Prezidentimizning davomchisi bo`ladi degan umiddamiz. Ishonamanki, saylagan nomzodimiz yurt uchun jonini beradigan inson bo`ladi. Vatan uchun yurtimiz uchun har birimiz jonimizni berishimiz kerak. Shu yurt uchun, shu xalq uchun xizmat qilishimiz kerak. Bunaqa o`lka hech qaerda yo`q. Bir dona cho`pni olib erimizga ekib qo`ysangiz u albatta ko`karadi. To`rtta fasli ham o`z vaqtida keladigan yurt yana qayda bor? Va eng asosiysi tinchlik, tinchligimizga ko`z tegmasin. Kuni kecha dunyoga kelgan nevaram ham shu yurt uchun jonini beradigan farzand bo`lsin!”

Boshqa yangiliklar